{"id":89,"date":"2017-05-15T09:59:38","date_gmt":"2017-05-15T04:59:38","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/?page_id=89"},"modified":"2025-10-20T17:31:08","modified_gmt":"2025-10-20T12:31:08","slug":"uzbekiston-respublikasining-konstitutsiyasi","status":"publish","type":"page","link":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/?page_id=89","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi"},"content":{"rendered":"\n<p><em>Mazkur yangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o\u2018tkazilgan O\u2018zbekiston Respublikasi <a href=\"\/cli.lex.uz\/ld\/lps\/doc\/6449033\">referendumida <\/a>umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. <\/em><\/p>\n<p><strong>MUQADDIMA<\/strong><\/p>\n<p>Biz, O\u2018zbekistonning yagona xalqi,<\/p>\n<p>inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e\u2019lon qilib,<\/p>\n<p>demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g\u2018oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib,<\/p>\n<p>inson, uning hayoti, erkinligi, sha\u2019ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas\u2019uliyatimizni anglagan holda,<\/p>\n<p>davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo\u2018shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma\u2019naviy merosiga tayanib,<\/p>\n<p>mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko\u2018paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib,<\/p>\n<p>xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda,<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo\u2018shni davlatlar bilan do\u2018stona munosabatlarini hamkorlik, o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib,<\/p>\n<p>fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko\u2018p millatli jonajon O\u2018zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta\u2019minlashni maqsad qilgan holda,<\/p>\n<p>ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e\u2019lon qilamiz.<\/p>\n<p><strong>BIRINChI BO\u2018LIM. ASOSIY PRINSIPLAR<\/strong><\/p>\n<p><strong>I bob. Davlat suvereniteti<\/strong><\/p>\n<p><strong>1-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston \u2014 boshqaruvning respublika shakliga ega bo\u2018lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.<\/p>\n<p>Davlatning \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi\u201d va \u201cO\u2018zbekiston\u201d degan nomlari bir ma\u2019noni anglatadi.<\/p>\n<p><strong>2-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas\u2019uldirlar.<\/p>\n<p><strong>3-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018zining milliy-davlat va ma\u2019muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo\u2018linmasdir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<\/em><em>O\u2018zbekiston Respublikasining ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>4-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining davlat tili o\u2018zbek tilidir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cDavlat tili haqida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/121051\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an\u2019analari hurmat qilinishini ta\u2019minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.<\/p>\n<p><strong>5-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o\u2018z davlat ramzlari \u2014 bayrog\u2018i, gerbi va madhiyasiga ega.<\/p>\n<p>Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/100122\">\u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2018i to\u2018g\u2018risida\u201d<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/17260\">\u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to\u2018g\u2018risida\u201d<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/38608\">\u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <\/a>qonunlari.<\/em><\/p>\n<p><strong>6-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining poytaxti \u2014 Toshkent shahri.<\/p>\n<p><strong>II bob. Xalq hokimiyatchiligi<\/strong><\/p>\n<p><strong>7-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko\u2018zlab va O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o\u2018zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to\u2018xtatib qo\u2018yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-262643\">159-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>8-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston xalqini millatidan qat\u2019i nazar, O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445392\">22-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>9-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumxalq ovoziga \u2014 referendumga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida referendum o\u2018tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<\/em><em>O\u2018zbekiston Respublikasining referendumi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/81253#-81372\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>10-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445773\">91<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445777\">92<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445940\">105<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445942\">106-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat yoki alohida shaxs O\u2018zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas.<\/p>\n<p><strong>11-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi \u2014 hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo\u2018linishi prinsipiga asoslanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiya 91-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445774\">birinchi qismi,<\/a> 114-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445998\">birinchi qismi<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6446096\">130-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>12-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.<\/p>\n<p>Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o\u2018rnatilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>13-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko\u2018ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha\u2019ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445423\">25 \u2014 35-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445636\">54 \u2014 58-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>14-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat o\u2018z faoliyatini inson farovonligini va jamiyatning barqaror rivojlanishini ta\u2019minlash maqsadida qonuniylik, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari asosida amalga oshiradi.<\/p>\n<p><strong>III bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi<\/strong><\/p>\n<p><strong>15-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so\u2018zsiz tan olinadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining<\/em><em> <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5391934#-5396397\">21-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O\u2018zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir.<\/p>\n<p>Agar O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O\u2018zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo\u2018lsa, O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo\u2018llaniladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<\/em><em>O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar.<\/p>\n<p><strong>16-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi O\u2018zbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi bo\u2018limida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning prinsip va normalariga zid bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cNormativ-huquqiy hujjatlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966#-5380887\">8-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>IV bob. Tashqi siyosat<\/strong><\/p>\n<p><strong>17-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to\u2018la huquqli subyektidir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo\u2018l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi.<\/p>\n<p><strong>18-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko\u2018p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<\/em><em>O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4194084\">4-bobi <\/a>(O\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlar).<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo\u2018stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>IKKINChI BO\u2018LIM. INSON VA FUQARONING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURChLARI<\/strong><\/p>\n<p><strong>V bob. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<p><strong>19-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume\u2019tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq e\u2019tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug\u2018ilganidan boshlab tegishli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo\u2018lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e\u2019tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qat\u2019i nazar, qonun oldida tengdirlar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445656\">58-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 4-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762599\">to\u2018rtinchi qismi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3527353#-3528694\">9-moddasi<\/a>, Fuqarolik protsessual kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3517337#-3517962\">8-moddasi<\/a>, Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158507\">2<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158510\">3-moddalari<\/a>, Fuqarolik kodeksi 17-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-150450\">birinchi qismi<\/a>, Mehnat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6257288#-6257599\">4-moddasi<\/a>, Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-174451\">5-moddasi<\/a>, Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-5450628\">3-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo\u2018lishi shart.<\/p>\n<p><strong>20-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan o\u2018zaro huquq va majburiyatlar bilan bog\u2018liqdir.<\/p>\n<p>Insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo\u2018yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo\u2018yishga hech kim haqli emas.<\/p>\n<p>Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.<\/p>\n<p>Davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo\u2018llaniladigan huquqiy ta\u2019sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>Inson bilan davlat organlarining o\u2018zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.<\/p>\n<p><strong>21-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har bir inson o\u2018z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega. Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Inson o\u2018z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445682\">66-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog\u2018lig\u2018ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta\u2019minlash maqsadida zarur bo\u2018lgan doirada cheklanishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>VI bob. Fuqarolik<\/strong><\/p>\n<p><strong>22-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o\u2018rnatiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asoslarda ega bo\u2018lganlikdan qat\u2019i nazar, hamma uchun tengdir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 4-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762597\">uchinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 4-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762591\">ikkinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Fuqarolikka ega bo\u2018lish va uni yo\u2018qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>23-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018z hududida ham, uning tashqarisida ham o\u2018z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko\u2018rsatishni kafolatlaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762643\">10<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762646\">11-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi O\u2018zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to\u2018g\u2018risida xalqaro huquq normalariga muvofiq g\u2018amxo\u2018rlik qiladi.<\/p>\n<p><strong>24-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo\u2018lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta\u2019minlanadi. Ular O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445662\">60 \u2014 64-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>VII bob. Shaxsiy huquq va erkinliklar<\/strong><\/p>\n<p><strong>25-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Yashash huquqi har bir insonning ajralmas huquqidir va u qonun bilan muhofaza qilinadi. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og\u2018ir jinoyatdir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-233850\">97 \u2014 103<sup>1<\/sup>-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida o\u2018lim jazosi taqiqlanadi.<\/p>\n<p><strong>26-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Insonning sha\u2019ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Hech kim qiynoqqa solinishi, zo\u2018ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g\u2018ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-252848\">17-moddasi<\/a>, 601-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-1687154\">uchinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o\u2018tkazilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>27-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.<\/p>\n<p>Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-252853\">18<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-1325157\">242 \u2014 248 <\/a>va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-257142\">558-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko\u2018ra yo\u2018l qo\u2018yiladi. Shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Shaxsni ushlash chog\u2018ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shart.<\/p>\n<p><strong>28-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo\u2018li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o\u2018zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-252892\">23-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Aybdorlikka oid barcha shubhalar, agar ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo\u2018lsa, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki mahkumning foydasiga hal qilinishi kerak.<\/p>\n<p>Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o\u2018zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin.<\/p>\n<p>Hech kim o\u2018ziga va yaqin qarindoshlariga qarshi guvohlik berishga majbur emas.<\/p>\n<p>Agar shaxsning o\u2018z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo\u2018lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar o\u2018ziga nisbatan insoniy muomalada bo\u2018linishi hamda inson shaxsiga xos bo\u2018lgan sha\u2019ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqiga ega.<\/p>\n<p>Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>29-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko\u2018rsatiladi.<\/p>\n<p>Har bir shaxs jinoyat protsessining har qanday bosqichida, shaxs ushlanganida esa uning harakatlanish erkinligi huquqi amalda cheklangan paytdan e\u2019tiboran o\u2018z tanloviga ko\u2018ra advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi ayblovning mohiyati va asoslari to\u2018g\u2018risida xabardor qilinish, unga qarshi yoki uning foydasiga guvohlik berayotgan shaxslarning so\u2018roq qilinishini talab etish, tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Qonunni buzgan holda olingan dalillardan odil sudlovni amalga oshirish chog\u2018ida foydalanishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko\u2018rib chiqilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yengillashtirish to\u2018g\u2018risida iltimos qilish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jabrlanganlarga himoyalanishni va odil sudlovdan foydalanishni ta\u2019minlaydi, ularga yetkazilgan zararning o\u2018rni qoplanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p><strong>30-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Hech kim rasmiy e\u2019lon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Hech kim ayni bir jinoyat uchun takroran hukm qilinishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>31-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo\u2018lish, o\u2018z sha\u2019ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-252848\">17-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-152927\">100-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Har kim yozishmalari, telefon orqali so\u2018zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-254101\">16<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-254138\">17<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-254189\">20<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111460#-5138065\">21-boblari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Har kim o\u2018z shaxsiga doir ma\u2019lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto\u2018g\u2018ri ma\u2019lumotlarning tuzatilishini, o\u2018zi to\u2018g\u2018risida qonunga xilof yo\u2018l bilan to\u2018plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo\u2018lmay qolgan ma\u2019lumotlarning yo\u2018q qilinishini talab qilish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Har kim uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.<\/p>\n<p>Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo\u2018yishni va ko\u2018zdan kechirishni o\u2018tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo\u2018l qo\u2018yiladi. Uy-joyda tintuv o\u2018tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p><strong>32-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qonuniy asoslarda O\u2018zbekiston Respublikasi hududida bo\u2018lib turgan har kim mamlakat bo\u2018ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.<\/p>\n<p>Har kim O\u2018zbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno. O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi O\u2018zbekistonga to\u2018sqinliksiz qaytish huquqiga ega.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cJazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma\u2019muriy nazorat to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4266602\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>33-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim fikrlash, so\u2018z va e\u2019tiqod erkinligi huquqiga ega.<\/p>\n<p>Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1319\">\u201cAxborot olish kafolatlari va erkinligi to\u2018g\u2018risida\u201d<\/a>gi va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/52268\">\u201cAxborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201d<\/a>gi qonunlari.<\/em><\/p>\n<p>Davlat Internet jahon axborot tarmog\u2018idan foydalanishni ta\u2019minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p>Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo\u2018lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog\u2018lig\u2018ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta\u2019minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo\u2018riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo\u2018lgan doirada yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cDavlat sirlarini saqlash to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/98850\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>34-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari har kimga o\u2018z huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo\u2018lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta\u2019minlashi shart.<\/p>\n<p><strong>35-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e\u2019tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e\u2019tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5491534\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>VIII bob. Siyosiy huquqlar<\/strong><\/p>\n<p><strong>36-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o\u2018z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o\u2018zini o\u2018zi boshqarish, referendumlar o\u2018tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445226\">9<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6446081\">128-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cJamoatchilik nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3679092\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>37-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa egadirlar.<\/p>\n<p>Davlat xizmatini o\u2018tash bilan bog\u2018liq cheklovlar qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>38-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar o\u2018z ijtimoiy faolliklarini O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig\u2018ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga ega. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtai nazaridangina bunday tadbirlar o\u2018tkazilishini to\u2018xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.<\/p>\n<p><strong>39-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4631281\">Kasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/54191\">Siyosiy partiyalar to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi va \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111825\">O\u2018zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari.<\/em><\/p>\n<p>Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 25<sup>1<\/sup>-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-1171693\">oltinchi qismi<\/a>, \u201cSiyosiy partiyalar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 13<sup>1<\/sup>-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/54191#-1172502\">oltinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>40-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim bevosita o\u2018zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko\u2018rib chiqilishi shart.<\/p>\n<p><strong>IX bob. Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlar<\/strong><\/p>\n<p><strong>41-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har bir shaxs mulkdor bo\u2018lishga haqli.<\/p>\n<p>Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cBank siri to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/41760\">Qonuni<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/180552#-198602\">V bo\u2018limi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>42-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to\u2018lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo\u2018lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Mehnatga haq to\u2018lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta\u2019minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.<\/p>\n<p>Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo\u2018shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.<\/p>\n<p><strong>43-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat fuqarolarning bandligini ta\u2019minlash, ularni ishsizlikdan himoya qilish, shuningdek kambag\u2018allikni qisqartirish choralarini ko\u2018radi.<\/p>\n<p>Davlat fuqarolarning kasbiy tayyorgarligini va qayta tayyorlanishini tashkil etadi hamda rag\u2018batlantiradi.<\/p>\n<p><strong>44-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Sud qarori bilan tayinlangan jazoni ijro etish tartibidan yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-184586\">46<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-3166051\">82<sup>1<\/sup><\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-195720\">83-moddalari<\/a>, 88-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-4645914\">\u201cb\u201d bandi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Bolalar mehnatining bolaning sog\u2018lig\u2018iga, xavfsizligiga, axloqiga, aqliy va jismoniy rivojlanishiga xavf soluvchi, shu jumladan uning ta\u2019lim olishiga to\u2018sqinlik qiluvchi har qanday shakllari taqiqlanadi.<\/p>\n<p><strong>45-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim dam olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to\u2018lanadigan har yilgi mehnat ta\u2019tilini belgilash orqali ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6257288#-6262086\">13-bobi<\/a> (\u201cIsh vaqti\u201d) va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6257288#-6262581\">14-bobi<\/a> (\u201cDam olish vaqti\u201d).<\/em><\/p>\n<p><strong>46-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo\u2018qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo\u2018qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta\u2019minot huquqiga ega.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cFuqarolarning davlat pensiya ta\u2019minoti to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112314\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Qonunda belgilangan pensiyalar, nafaqalar va boshqa turdagi ijtimoiy yordamning miqdorlari rasman belgilangan eng kam iste\u2019mol xarajatlaridan oz bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>47-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim uy-joyli bo\u2018lish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko\u2018rgan zararlarning o\u2018rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>Davlat uy-joy qurilishini rag\u2018batlantiradi va uy-joyga bo\u2018lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p>Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta\u2019minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>48-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim sog\u2018lig\u2018ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cFuqarolar sog\u2018lig\u2018ini saqlash to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/26013#-26308\">13-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.<\/p>\n<p>Davlat sog\u2018liqni saqlash tizimini, uning davlat va nodavlat shakllarini, tibbiy sug\u2018urtaning har xil turlarini rivojlantirish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta\u2019minlash choralarini ko\u2018radi.<\/p>\n<p>Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p><strong>49-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to\u2018g\u2018risidagi ishonchli axborotga ega bo\u2018lish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta\u2019minlash va atrof-muhitga zararli ta\u2019sir ko\u2018rsatilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p>Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo\u2018yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.<\/p>\n<p>Davlat Orolbo\u2018yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko\u2018radi.<\/p>\n<p><strong>50-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim ta\u2019lim olish huquqiga ega.<\/p>\n<p>Davlat uzluksiz ta\u2019lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta\u2019lim tashkilotlari rivojlanishini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>Davlat maktabgacha ta\u2019lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p>Davlat bepul umumiy o\u2018rta ta\u2019lim va boshlang\u2018ich professional ta\u2019lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o\u2018rta ta\u2019lim majburiydir.<\/p>\n<p>Maktabgacha ta\u2019lim va tarbiya, umumiy o\u2018rta ta\u2019lim davlat nazoratidadir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTa\u2019lim to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5013007\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Ta\u2019lim tashkilotlarida alohida ta\u2019lim ehtiyojlariga ega bo\u2018lgan bolalar uchun inklyuziv ta\u2019lim va tarbiya ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p><strong>51-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar davlat ta\u2019lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma\u2019lumot olishga haqli.<\/p>\n<p>Oliy ta\u2019lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o\u2018zini o\u2018zi boshqarish, tadqiqotlar o\u2018tkazish va o\u2018qitish erkinligi huquqiga ega.<\/p>\n<p><strong>52-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida o\u2018qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog\u2018lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma\u2019naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e\u2019tirof etiladi.<\/p>\n<p>Davlat o\u2018qituvchilarning sha\u2019ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o\u2018sishi to\u2018g\u2018risida g\u2018amxo\u2018rlik qiladi.<\/p>\n<p><strong>53-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi.<\/p>\n<p>Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g\u2018amxo\u2018rlik qiladi.<\/p>\n<p><strong>X bob. Inson hamda fuqaroning huquq va erkinliklari kafolatlari<\/strong><\/p>\n<p><strong>54-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Insonning huquq va erkinliklarini ta\u2019minlash davlatning oliy maqsadidir.<\/p>\n<p>Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p><strong>55-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Har kim o\u2018z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.<\/p>\n<p>Har kimga o\u2018z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3527353#-3531041\">184 \u2014 189-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko\u2018rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Har kim O\u2018zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo\u2018lingan bo\u2018lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.<\/p>\n<p>Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o\u2018rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.<\/p>\n<p><strong>56-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Inson huquqlari bo\u2018yicha milliy institutlar inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to\u2018ldiradi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p>Davlat inson huquqlari bo\u2018yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p><strong>57-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Mehnatga layoqatsiz va yolg\u2018iz keksalar, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasidadir.<\/p>\n<p>Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to\u2018laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta\u2019minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko\u2018radi.<\/p>\n<p>Davlat nogironligi bo\u2018lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar obyektlari va xizmatlaridan to\u2018laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta\u2019lim olishiga ko\u2018maklashadi, ularga zarur bo\u2018lgan axborotni to\u2018sqinliksiz olish imkoniyatini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p><strong>58-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar.<\/p>\n<p>Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cXotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4494849\">Qonuni<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762586\">4-moddasi<\/a>, Mehnat kodeksi 4-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6257288#-6257600\">birinchi qismi<\/a>, Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158507\">2-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>XI bob. Fuqarolarning burchlari<\/strong><\/p>\n<p><strong>59-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo\u2018yilgan burchlarini bajaradilar.<\/p>\n<p><strong>60-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa insonlarning huquqlari, erkinliklari, sha\u2019ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.<\/p>\n<p><strong>61-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar O\u2018zbekiston xalqining tarixiy, ma\u2019naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy merosini asrab-avaylashi shart.<\/p>\n<p>Tarixiy, ma\u2019naviy, madaniy, ilmiy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza qilinadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/25461\">Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi va \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1526440\">Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-3694476\">132-moddasi<\/a>, Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-198006\">46-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>62-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo\u2018lishga majburdirlar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTabiatni muhofaza qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 12-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/107115#-107228\">uchinichi qismi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-3262975\">VIII bobi<\/a> (\u201cEkologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma\u2019muriy javobgarlik\u201d), O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi maxsus qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-265687\">to\u2018rtinchi bo\u2018limi<\/a> (\u201cEkologiya sohasidagi jinoyatlar\u201d).<\/em><\/p>\n<p><strong>63-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va yig\u2018imlarni to\u2018lashi shart.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4674902#-4675269\">8<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4674902#-4675336\">16<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4674902#-4675460\">17-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Soliq va yig\u2018imlar adolatli bo\u2018lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to\u2018sqinlik qilmasligi kerak.<\/p>\n<p><strong>64-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasini himoya qilish O\u2018zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o\u2018tashga majburdirlar.<\/p>\n<p><strong>UChINChI BO\u2018LIM. JAMIYAT VA ShAXS<\/strong><\/p>\n<p><strong>XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari<\/strong><\/p>\n<p><strong>65-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O\u2018zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste\u2019molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-153827\">167-moddasi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida mulkchilik to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111466#-241600\">5-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o\u2018z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-153821\">166<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-154090\">199<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-154105\">202 \u2014 204-moddalari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cXususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/2055680\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>66-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Mulkdor o\u2018ziga tegishli bo\u2018lgan mol-mulkka o\u2018z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-153809\">164-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>67-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o\u2018z faoliyati yo\u2018nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag\u2018larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.<\/p>\n<p><strong>68-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Yer, yer osti boyliklari, suv, o\u2018simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining Yer <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/152653\">kodeksi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/77871#-78013\">Yer osti boyliklari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/12328\">Suv va suvdan foydalanish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3030362#-3030379\">O\u2018simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3029502#-3029520\">Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3683529#-3683593\">O\u2018rmon to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/55561\">Atmosfera havosini muhofaza qilish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/107115\">Tabiatni muhofaza qilish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari.<\/em><\/p>\n<p>Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta\u2019minlovchi shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>XIII bob. Fuqarolik jamiyati institutlari<\/strong><\/p>\n<p><strong>69-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.<\/p>\n<p>Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><strong>70-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va nogironligi bo\u2018lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e\u2019tirof etiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/11360\">Nodavlat notijorat tashkilotlari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4631281\">Kasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/54191\">Siyosiy partiyalar to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111825\">O\u2018zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111189#-152313\">74-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo\u2018yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cNodavlat notijorat tashkilotlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/11360#-22210\">35<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/11360#-22221\">36-moddalari<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111825#-117226\">22-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>71-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy tuzumni zo\u2018rlik bilan o\u2018zgartirishni maqsad qilib qo\u2018yuvchi, O\u2018zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ\u2018ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog\u2018lig\u2018iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko\u2018ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi.<\/p>\n<p>Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: \u201cNodavlat notijorat tashkilotlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning 25-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/11360#-21785\">birinchi<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/11360#-21786\">ikkinchi xatboshilari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111825#-117034\">3-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-947311\">202<sup>1<\/sup>-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-320596\">216<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-320699\">216<sup>1<\/sup>-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>72-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta\u2019minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p>Davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: \u201cNodavlat notijorat tashkilotlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/11360#-11541\">4-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>73-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a\u2019zo bo\u2018lish ixtiyoriydir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4631281\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>74-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o\u2018zlarining demokratik yo\u2018l bilan saylab qo\u2018yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o\u2018z faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cSiyosiy partiyalar to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/54191\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>75-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi.<\/p>\n<p>Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko\u2018rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5491534\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>XIV bob. Oila, bolalar va yoshlar<\/strong><\/p>\n<p><strong>76-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Oila jamiyatning asosiy bo\u2018g\u2018inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.<\/p>\n<p>Nikoh O\u2018zbekiston xalqining an\u2019anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158507\">2<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158510\">3<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158625\">14<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-158679\">19-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Davlat oilaning to\u2018laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p><strong>77-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Ota-onalar va ularning o\u2018rnini bosuvchi shaxslar o\u2018z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta\u2019lim olishi, sog\u2018lom, to\u2018laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g\u2018amxo\u2018rlik qilishga majburdirlar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-159036\">73<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-159180\">96-moddalari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-198010\">47<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-3500250\">47<sup>4<\/sup>-moddalari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-3500754\">122-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo\u2018lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta\u2019lim olishini, sog\u2018lom, to\u2018laqonli va har tomonlama kamol topishini ta\u2019minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag\u2018batlantiradi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cBola huquqlarining kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1297315#-3255430\">27<sup>1<\/sup>-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-159245\">106-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>78-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat\u2019i nazar, qonun oldida tengdirlar.<\/p>\n<p>Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta\u2019minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to\u2018laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.<\/p>\n<p>Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.<\/p>\n<p>Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo\u2018lgan mehr-muhabbat tuyg\u2018ularini shakllantirish to\u2018g\u2018risida g\u2018amxo\u2018rlik qiladi.<\/p>\n<p><strong>79-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta\u2019minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag\u2018batlantiradi.<\/p>\n<p>Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta\u2019lim olishga, sog\u2018lig\u2018ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo\u2018lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.<\/p>\n<p><strong>80-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o\u2018z ota-onalari haqida g\u2018amxo\u2018rlik qilishga majburdirlar.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/104720#-159255\">109-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/97664#-3500261\">47<sup>5<\/sup>-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-3500783\">123-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>XV bob. Ommaviy axborot vositalari<\/strong><\/p>\n<p><strong>81-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.<\/p>\n<p>Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo\u2018lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.<\/p>\n<p>Ommaviy axborot vositalari o\u2018zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1106870#-1107484\">Ommaviy axborot vositalari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1319\">Axborot olish kafolatlari va erkinligi to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi va \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/9540\">Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari.<\/em><\/p>\n<p><strong>82-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Senzuraga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to\u2018sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>TO\u2018RTINChI BO\u2018LIM. MA\u2019MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILIShI<\/strong><\/p>\n<p><strong>XVI bob. O\u2018zbekiston Respublikasining ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi<\/strong><\/p>\n<p><strong>83-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog\u2018iston Respublikasidan iborat.<\/p>\n<p><strong>84-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o\u2018zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>XVII bob. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>85-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Suveren Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi O\u2018zbekiston Respublikasi tarkibiga kiradi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining suvereniteti O\u2018zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi.<\/p>\n<p><strong>86-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi o\u2018z Konstitutsiyasiga ega.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining Konstitutsiyasi O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiya 16-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445251\">ikkinchi qismi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cNormativ-huquqiy hujjatlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966#-5380887\">8-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>87-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi hududida ham majburiydir.<\/p>\n<p><strong>88-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o\u2018zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi o\u2018z ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal qiladi.<\/p>\n<p><strong>89-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi O\u2018zbekiston Respublikasi tarkibidan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega.<\/p>\n<p><strong>90-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining o\u2018zaro munosabatlari O\u2018zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi o\u2018rtasida O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi o\u2018rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.<\/p>\n<p><strong>BEShINChI BO\u2018LIM. DAVLAT HOKIMIYATINING TAShKIL ETILIShI<\/strong><\/p>\n<p><strong>XVIII bob. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi<\/strong><\/p>\n<p><strong>91-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo\u2018lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan \u2014 Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati \u2014 besh yil.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58530\">2<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58558\">5-moddalari<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59614\">2<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59632\">5-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>92-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bo\u2018lib, Senat a\u2019zolaridan (senatorlardan) iborat.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a\u2019zolari Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo\u2018shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda \u2014 to\u2018rt kishidan saylanadi. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to\u2018qqiz nafar a\u2019zosi fan, san\u2019at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo\u2018lgan hamda alohida xizmat ko\u2018rsatgan eng obro\u2018li fuqarolar orasidan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.<\/p>\n<p>Saylov kuni yigirma besh yoshga to\u2018lgan hamda kamida besh yil O\u2018zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a\u2019zosi bo\u2018lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo\u2018yiladigan talablar qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Ayni bir shaxs bir paytning o\u2018zida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a\u2019zosi bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58530\">2<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58565\">6-moddalari<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59614\">2<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59677\">6-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bir vaqtning o\u2018zida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>93-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>1) O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6446212\">154<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6446216\">155-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>2) O\u2018zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cNormativ-huquqiy hujjatlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966#-5380892\">9<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966?ONDATE=20.04.2021%2000#-5380900\">10-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4193993\">18-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>4) O\u2018zbekiston Respublikasining referendumini o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida va uni o\u2018tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445226\">9-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida referendum to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/81253#-81611\">13-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>5) O\u2018zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo\u2018nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;<\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;<\/p>\n<p>7) O\u2018zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O\u2018zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;<\/p>\n<p>8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yo\u2018li bilan tartibga solish;<\/p>\n<p>9) O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/2304138#-4640569\">97-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>10) O\u2018zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;<\/p>\n<p>11) soliqlar va boshqa majburiy to\u2018lovlarni joriy qilish;<\/p>\n<p>12) O\u2018zbekiston Respublikasining ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo\u2018li bilan tartibga solish, chegaralarini o\u2018zgartirish;<\/p>\n<p>13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o\u2018zgartirish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining ma\u2019muriy-hududiy tuzilishi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063#-4973368\">16-moddasi<\/a>, 22-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063#-4973480\">birinchi qismi<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063#-4973560\">29<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063#-4973578\">30<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4973063#-4973640\">34-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>14) davlat mukofotlari va unvonlarini ta\u2019sis etish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cDavlat mukofotlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3676244#-3677164\">13-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>15) O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4386848?ONDATE=26.06.2019%2000#-4387624\"> 12-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>16) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo\u2018yicha vakilini va uning o\u2018rinbosarini saylash;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cOliy Majlisning inson huquqlari bo\u2018yicha vakili (ombudsman) to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/276159#-276728\">3<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/276159#-276736\">5-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>17) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining O\u2018zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug\u2018ilganda urush holati e\u2019lon qilish to\u2018g\u2018risidagi farmonini tasdiqlash;<\/p>\n<p>18) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e\u2019lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to\u2018g\u2018risidagi farmonlarini tasdiqlash;<\/p>\n<p>19) O\u2018zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risidagi har yilgi milliy ma\u2019ruzani eshitish;<\/p>\n<p>20) parlament tekshiruvini o\u2018tkazish;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cParlament nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/2929477\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>21) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.<\/p>\n<p>Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida, so\u2018ngra Senatida ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58591\">8-moddasi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59705\">8-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>94-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>1) O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;<\/p>\n<p>2) O\u2018zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko\u2018rib chiqish;<\/p>\n<p>3) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko\u2018rib chiqish va ma\u2019qullash;<\/p>\n<p>4) O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a\u2019zolarining o\u2018z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;<\/p>\n<p>5) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a\u2019zoligiga nomzodlarni ko\u2018rib chiqish va ma\u2019qullash;<\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo\u2018yicha har yilgi ma\u2019ruzasini eshitish;<\/p>\n<p>7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so\u2018rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;<\/p>\n<p>8) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o\u2018rinbosarlarini, qo\u2018mitalarning raislari va ularning o\u2018rinbosarlarini saylash;<\/p>\n<p>9) O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to\u2018g\u2018risidagi masalalarni hal etish;<\/p>\n<p>10) o\u2018z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog\u2018liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;<\/p>\n<p>11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;<\/p>\n<p>12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58641\">9-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o\u2018zini o\u2018zi tarqatib yuborish to\u2018g\u2018risida deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko\u2018pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>95-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>1) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;<\/p>\n<p>2) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O\u2018zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko\u2018rib chiqish hamda ma\u2019qullash;<\/p>\n<p>3) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>4) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;<\/p>\n<p>5) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;<\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to\u2018g\u2018risidagi farmonlarini tasdiqlash;<\/p>\n<p>7) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to\u2018g\u2018risidagi hujjatlarni qabul qilish;<\/p>\n<p>8) O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;<\/p>\n<p>9) O\u2018zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o\u2018z faoliyati masalalari bo\u2018yicha hisobotlarini eshitish;<\/p>\n<p>10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so\u2018rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;<\/p>\n<p>11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o\u2018z faoliyatini amalga oshirishda ko\u2018maklashish;<\/p>\n<p>12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq bo\u2018lmagan taqdirda, bekor qilish;<\/p>\n<p>13) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o\u2018rinbosarlarini, qo\u2018mitalarning raislari va ularning o\u2018rinbosarlarini saylash;<\/p>\n<p>14) O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a\u2019zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to\u2018g\u2018risidagi masalalarni hal etish;<\/p>\n<p>15) o\u2018z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog\u2018liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;<\/p>\n<p>16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;<\/p>\n<p>17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;<\/p>\n<p>18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59760\">9-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o\u2018zini o\u2018zi tarqatib yuborish to\u2018g\u2018risida senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko\u2018pchilik ovozi bilan qaror qabul qilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>96-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Vakolat muddati tugagach, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tegishincha yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar o\u2018z faoliyatini davom ettirib turadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birinchi majlislari tegishincha Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay va Senat tarkib topganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan chaqiriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida o\u2018tkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning birinchi ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish kuniga qadar o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislari, agar ular ishida barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining yarmidan ko\u2018pi ishtirok etayotgan bo\u2018lsa, vakolatli hisoblanadi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda barcha deputatlar, senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etishi shart.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati majlislarida, shuningdek ularning organlari majlislarida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining a\u2019zolari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi raislari, Bosh prokuror, Markaziy bank boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat Raisi, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri ishtirok etishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati alohida-alohida majlis o\u2018tkazadilar.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo\u2018shma majlislari O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq so\u2018zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so\u2018zlaganda o\u2018tkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qo\u2018shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o\u2018tkazilishi mumkin.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58660\">10<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58726\">11-moddalari<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59781\">10<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59798\">11-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>97-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati o\u2018z vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat a\u2019zolari umumiy sonining ko\u2018pchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiya 99-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445888\">yettinchi<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445892\">o\u2018ninchi qismlari<\/a>, 100-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445899\">to\u2018rtinchi qismi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58581\">7-moddasi<\/a>, 13-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58768\">to\u2018rtinchi qismi<\/a>, 29-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59073\">uchinchi<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59088\">to\u2018qqizinchi qismlari<\/a>, 31-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59121\">beshinchi qismi<\/a>, 33-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59149\">ikkinchi qismi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59693\">7-moddasi<\/a>, 13-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59817\">to\u2018rtinchi qismi<\/a>, 24-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59926\">uchinchi qismi<\/a>, 28-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59968\">ikkinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>98-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qonunchilik tashabbusi huquqiga O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham o\u2018z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo\u2018yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.<\/p>\n<p>Qonunchilik tashabbusi huquqi qonun loyihasini qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59024\">27-moddasi<\/a>, \u201cQonunlar loyihalarini tayyorlash va O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1069260#-1069281\">3 \u2014 5-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo\u2018lgan, yuz ming nafardan kam bo\u2018lmagan fuqarolari, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo\u2018yicha vakili (ombudsman), O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.<\/p>\n<p>Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko\u2018rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>99-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma\u2019qullanib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy manbalarda e\u2019lon qilingach, yuridik kuchga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cNormativ-huquqiy hujjatlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966#-5381170\">6-bobi<\/a> (\u201cNormativ-huquqiy hujjatlarning e\u2019lon qilinishi, kuchga kirishi va amal qilishi\u201d).<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e\u2019tiboran o\u2018n kundan kechiktirmay O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi.<\/p>\n<p>Qonun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmish kun ichida ko\u2018rib chiqiladi va ma\u2019qullangan taqdirda, imzolanishi va e\u2019lon qilinishi uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga o\u2018n kundan kechiktirmay yuboriladi.<\/p>\n<p>Agar O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni ma\u2019qullash yoki rad etish to\u2018g\u2018risida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e\u2019lon qilinishi uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi va e\u2019lon qiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.<\/p>\n<p>Agar O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko\u2018rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko\u2018pchilik ovozi bilan qonunni yana ma\u2019qullasa, qonun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e\u2019lon qilinishi uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a\u2019zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko\u2018rib chiqilishi kerak.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining 152-I, 112-I-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/1168137#-1168278\">tartibi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o\u2018z e\u2019tirozlari bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli.<\/p>\n<p>Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a\u2019zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko\u2018pchilik ovozi bilan ma\u2019qullansa, qonun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o\u2018n to\u2018rt kun ichida imzolanishi va e\u2019lon qilinishi kerak.<\/p>\n<p>Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning e\u2019lon qilinishi ular qo\u2018llanilishining majburiy shartidir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59032\">28 \u2014 33-moddalari<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59917\">23 \u2014 28-moddalari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cNormativ-huquqiy hujjatlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966#-5381214\">38<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966#-5381225\">39-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>100-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o\u2018z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o\u2018rinbosarlarini saylaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o\u2018rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko\u2018pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.<\/p>\n<p>Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o\u2018rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko\u2018prog\u2018ining ovozi bilan qabul qilingan Qonunchilik palatasi qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri:<\/p>\n<p>1) Qonunchilik palatasining majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;<\/p>\n<p>2) Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;<\/p>\n<p>3) Qonunchilik palatasi qo\u2018mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;<\/p>\n<p>4) O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlarining va Qonunchilik palatasi qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;<\/p>\n<p>5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog\u2018liq Qonunchilik palatasi guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;<\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o\u2018zaro munosabatlarda Qonunchilik palatasi nomidan ish ko\u2018radi;<\/p>\n<p>7) Qonunchilik palatasi qarorlarini imzolaydi;<\/p>\n<p>8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri farmoyishlar chiqaradi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58758\">13<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58771\">14-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>101-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o\u2018z tarkibidan Senat Raisi va uning o\u2018rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi o\u2018rinbosarlaridan biri Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining vakili bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o\u2018rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko\u2018pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.<\/p>\n<p>Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi va uning o\u2018rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan ko\u2018prog\u2018ining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi:<\/p>\n<p>1) Senat majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi;<\/p>\n<p>2) Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlik qiladi;<\/p>\n<p>3) Senat qo\u2018mitalari va komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;<\/p>\n<p>4) O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlarining va Senat qarorlarining ijrosi ustidan nazoratni tashkil etadi;<\/p>\n<p>5) parlamentlararo aloqalarni amalga oshirish ishlariga hamda xalqaro parlament tashkilotlari ishi bilan bog\u2018liq Senat guruhlarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;<\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, boshqa davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o\u2018zaro munosabatlarda Senat nomidan ish ko\u2018radi;<\/p>\n<p>7) Senat qarorlarini imzolaydi;<\/p>\n<p>8) ushbu Konstitutsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi farmoyishlar chiqaradi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59811\">13<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59820\">14-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>102-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonun loyihalarini tayyorlash ishini olib borish, Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko\u2018rib chiqish va tayyorlash, O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o\u2018z vakolatlari muddatiga Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan qo\u2018mitalarni saylaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko\u2018rib chiqish va tayyorlash, O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlari hamda Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qilish uchun o\u2018z vakolatlari muddatiga senatorlar orasidan qo\u2018mitalarni saylaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, zarurat bo\u2018lgan taqdirda, muayyan vazifalarni bajarish uchun deputatlar, senatorlar orasidan komissiyalar tuzadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58847\">17 \u2014 22-moddalari<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59862\">17 \u2014 22-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>103-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Mamlakatning xavfsizligi, barqaror rivojlanishi asoslariga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin bo\u2018lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar va voqealarni o\u2018rganish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo\u2018shma qarori bilan parlament tekshiruvi o\u2018tkazilishi mumkin.<\/p>\n<p>Parlament tekshiruvini o\u2018tkazish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a\u2019zolari orasidan tenglik asosida maxsus komissiya tuzilib, u o\u2018z faoliyatini qonunga muvofiq amalga oshiradi.<\/p>\n<p><strong>104-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlariga va Senati a\u2019zolariga ularning deputatlik yoki senatorlik faoliyati bilan bog\u2018liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.<\/p>\n<p>Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a\u2019zolari o\u2018z vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to\u2018lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug\u2018ullanishlari mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a\u2019zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular tegishincha Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma\u2019muriy jazo choralariga tortilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59677\">6-moddasi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58565\">6-moddasi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a\u2019zosining maqomi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/436914\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>XIX bob. O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><strong>105-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig\u2018idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p><strong>106-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o\u2018ttiz besh yoshdan kichik bo\u2018lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O\u2018zbekiston hududida muqim yashayotgan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan yetti yil muddatga saylanadi. O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>107-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti o\u2018z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to\u2018lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo\u2018lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug\u2018ullanishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/32913\">Qonuni<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-262633\">158-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>108-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig\u2018ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o\u2018z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat\u2019iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman\u201d.<\/p>\n<p><strong>109-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti:<\/p>\n<p>1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining, O\u2018zbekiston Respublikasi suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafilidir, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko\u2018radi;<\/p>\n<p>2) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O\u2018zbekiston Respublikasi nomidan ish ko\u2018radi;<\/p>\n<p>3) muzokaralar olib boradi hamda O\u2018zbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 13-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4193959\">birinchi qismi<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4193969\">14-moddasi<\/a>, 16-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4193979\">birinchi qismi<\/a>, 19-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4194011\">birinchi qismi<\/a>, 20-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4193761#-4194015\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>4) o\u2018z huzurida akkreditatsiyadan o\u2018tgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;<\/p>\n<p>5) O\u2018zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash uchun nomzodlarni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 8-bandi.<\/em><\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi xalqiga hamda Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 11-moddasi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59799\">birinchi qismi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 11-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58728\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>7) vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzadi hamda tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig\u2018iga kiritadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasi birichi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59728\">13-bandi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining 8-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-58621\">13-bandi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>8) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 13-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59812\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>9) O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirini, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a\u2019zolarini O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ma\u2019qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-1783213\">15-bandi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 8-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-1779759\">15-bandi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>10) qo\u2018mitalar, agentliklar va boshqa respublika davlat organlari rahbarlarini qonunchilikka muvofiq lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;<\/p>\n<p>11) O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini, O\u2018zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati ma\u2019qullaganidan keyin lavozimga tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-1783230\">6-bandi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cProkuratura to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 12-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106304\">birinchi<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-1783074\">ikkinchi qismlari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3305114\">Farmoni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>12) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati bilan maslahatlashuvlardan keyin O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisini lavozimga tayinlaydi va uni lavozimidan ozod etadi;<\/p>\n<p>13) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkiblariga nomzodlarni, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbari lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59763\">2<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59764\">3<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-3383147\">4<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59770\">9-bandlari<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201d Qonuni 70-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5538535\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>14) O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislarini va rais o\u2018rinbosarlarini, O\u2018zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 70-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5538537\">ikkinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>15) viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki hokim sha\u2019ni va qadr-qimmatiga dog\u2018 tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti o\u2018z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 2-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-1171831\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>16) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va hokimlarning hujjatlarini to\u2018xtatadi, bekor qiladi; O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 26-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-121367\">ikkinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>17) O\u2018zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e\u2019lon qiladi; qonunni o\u2018z e\u2019tirozlari bilan takroran muhokama qilish va ovozga qo\u2018yish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59957\">27-moddasi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59124\">32-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>18) O\u2018zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug\u2018ilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e\u2019lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdig\u2018iga kiritadi;<\/p>\n<p>19) alohida hollarda (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) fuqarolarning xavfsizligini ta\u2019minlashni ko\u2018zlab, O\u2018zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig\u2018iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/60232#-62180\">24-moddasi<\/a>, \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/39573#-40215\">26-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>20) O\u2018zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo\u2018mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo\u2018mondonlarini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, oliy harbiy unvonlar beradi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMudofaa to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/108083#-108307\">8-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>21) O\u2018zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig\u2018i bilan mukofotlaydi, O\u2018zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cDavlat mukofotlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 13-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3676244#-3677165\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>22) O\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining 4-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4761984#-4762608\">sakkizinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>23) amnistiya to\u2018g\u2018risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnomalar kiritadi va O\u2018zbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizomni tasdiqlash haqida\u201dgi Farmoni bilan tasdiqlangan O\u2018zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizomning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3725214#-3727177\">2-bandi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>24) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashini tuzadi va unga boshchilik qiladi, o\u2018z vakolatlari amalga oshirilishini ta\u2019minlash maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi maslahat-kengash organlarini va boshqa organlarni shakllantiradi;<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to\u2018g\u2018risida\u201d Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3610935#-3642868\">16-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>25) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti o\u2018z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.<\/p>\n<p><strong>110-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo\u2018lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cNormativ-huquqiy hujjatlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5378966?ONDATE=20.04.2021%2000#-5380904\">12-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>111-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo\u2018lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o\u2018rtasida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo\u2018lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilishi davrida tarqatib yuborilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51961#-59165\">34-moddasi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/51799#-59973\">29-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>112-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o\u2018z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to\u2018liq muvofiq holda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p><strong>113-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Vakolati tugashi munosabati bilan iste\u2019foga chiqqan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a\u2019zosi lavozimini egallaydi.<\/p>\n<p><strong>XX bob. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>114-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o\u2018rinbosarlari va vazirlardan iborat. Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi hukumatining boshlig\u2018i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o\u2018z lavozimi bo\u2018yicha kiradi.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasi o\u2018z faoliyatini ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan asosiy yo\u2018nalishlari doirasida amalga oshiradi.<\/p>\n<p><strong>115-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:<\/p>\n<p>1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va budjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar bo\u2018ladi;<\/p>\n<p>2) barqaror iqtisodiy o\u2018sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta\u2019minlash, kambag\u2018allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo\u2018yicha choralar ko\u2018radi;<\/p>\n<p>3) aholini, shu jumladan nogironligi bo\u2018lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko\u2018rsatishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n<p>4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o\u2018zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n<p>5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta\u2019minlaydi, oilani qo\u2018llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an\u2019anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo\u2018yicha choralar ko\u2018radi;<\/p>\n<p>6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo\u2018llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n<p>7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo\u2018yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;<\/p>\n<p>8) O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta\u2019minlaydi;<\/p>\n<p>9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo\u2018naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;<\/p>\n<p>10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta\u2019minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo\u2018yicha choralar ko\u2018radi;<\/p>\n<p>11) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma\u2019ruzalarni taqdim etadi;<\/p>\n<p>12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.<\/p>\n<p><strong>116-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasi konstitutsiyaviy normalar doirasida va qonunchilikka muvofiq O\u2018zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo\u2018lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasi o\u2018z faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.<\/p>\n<p>Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o\u2018z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq o\u2018z faoliyatini davom ettirib turadi.<\/p>\n<p><strong>117-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:<\/p>\n<p>1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo\u2018ladi;<\/p>\n<p>2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi;<\/p>\n<p>3) xalqaro munosabatlarda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko\u2018radi;<\/p>\n<p>4) O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.<\/p>\n<p><strong>118-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so\u2018ng bir oy ichida yoki Bosh vazir lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste\u2019foga chiqqanidan keyin bir oy ichida Qonunchilik palatasi ko\u2018rib chiqishi va ma\u2019qullashi uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o\u2018tkazilganidan so\u2018ng taqdim etiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e\u2019tiboran o\u2018n kun ichida ko\u2018rib chiqadi.<\/p>\n<p>Bosh vazir lavozimiga nomzod O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko\u2018rib chiqilayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo\u2018ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.<\/p>\n<p>Bosh vazir nomzodi uning uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko\u2018pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma\u2019qullangan hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bosh vazir lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a\u2019zolari ularning nomzodlari O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma\u2019qullanganidan keyin O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibini yoki a\u2019zosini iste\u2019foga chiqarishga haqli.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a\u2019zosining o\u2018z faoliyatiga oid masalalar yuzasidan hisobotini eshitishga haqli. Vazirlar Mahkamasi a\u2019zosining hisobotini eshitish yakunlariga ko\u2018ra Qonunchilik palatasi uni iste\u2019foga chiqarish to\u2018g\u2018risidagi taklifni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko\u2018rib chiqish uchun kiritishga haqli.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a\u2019zolari parlament so\u2018rovlariga va Qonunchilik palatasi deputatining, Senat a\u2019zosining so\u2018rovlariga qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>119-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o\u2018rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.<\/p>\n<p>Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qiladi. Bunda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste\u2019foga chiqadi.<\/p>\n<p><strong>XXI bob. Mahalliy davlat hokimiyati asoslari. Fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari<\/strong><\/p>\n<p><strong>120-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo\u2018ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-121139\">1-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi.<\/p>\n<p>Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o\u2018zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas.<\/p>\n<p>Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari muddati \u2014 besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari Kengashining raisi etib saylanishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Xalq deputatlari Kengashlari deputatlari saylovi va xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Yangidan tashkil etilgan ma\u2019muriy-hududiy birliklarda xalq deputatlari Kengashlariga saylov xalq deputatlari Kengashlariga navbatdagi umumiy saylovlarga qadar qolgan davrdan oshmaydigan muddatga o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p><strong>121-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik qiladi.<\/p>\n<p>Hokimlarning vakolatlari muddati \u2014 besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib tayinlanishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 2-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-1171852\">o\u2018n birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>122-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>1) tegishli mahalliy budjetlarni ko\u2018rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;<\/p>\n<p>2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini tasdiqlash;<\/p>\n<p>3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to\u2018g\u2018risidagi hisobotlarni eshitish;<\/p>\n<p>4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-121285\">24-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>123-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p>1) O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining qarorlarini, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini bajarish;<\/p>\n<p>2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta\u2019minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;<\/p>\n<p>3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish;<\/p>\n<p>4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-121312\">25-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>124-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Viloyat va Toshkent shahar hokimi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 2-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-1171831\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 2-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-3369023\">yettinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Tumanga bo\u2018ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 2-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-3369030\">to\u2018qqizinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>125-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Viloyat, tuman va shahar hokimi o\u2018z vakolatlarini yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi hamda o\u2018zi rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va harakatlari uchun shaxsan javobgar bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyatni, tumanni, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ushbu hisobotlar bo\u2018yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.<\/p>\n<p><strong>126-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Xalq deputatlari Kengashi va hokim o\u2018z vakolatlari doirasida tegishli hududdagi barcha tashkilotlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo\u2018lgan qarorlar qabul qiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMahalliy davlat hokimiyati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni 6-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/112170#-121169\">ikkinchi \u2014 to\u2018rtinchi qismlari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>127-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig\u2018inlari o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari bo\u2018lib, ular raisni saylaydi.<\/p>\n<p>Fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy o\u2018ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an\u2019analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.<\/p>\n<p>Davlat fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p>Fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari saylovi tartibi, ularning faoliyatini tashkil etish va vakolatlari qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/2156899#-2156915\">Fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3988421\">Fuqarolar yig\u2018ini raisi saylovi to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari.<\/em><\/p>\n<p><strong>XXII bob. Saylov tizimi<\/strong><\/p>\n<p><strong>128-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o\u2018z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda \u2014 oktyabr oyi uchinchi o\u2018n kunligining birinchi yakshanbasida o\u2018tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov o\u2018tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan o\u2018tkaziladi. O\u2018zbekiston Respublikasining o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a\u2019zolari Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo\u2018shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so\u2018ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo\u2018li bilan saylanadilar.<\/p>\n<p>Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og\u2018ir va o\u2018ta og\u2018ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko\u2018ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri yoki bilvosita cheklashga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o\u2018zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Saylov o\u2018tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining Saylov <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4386848\">kodeksi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>129-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarni, shuningdek O\u2018zbekiston Respublikasining referendumini tashkil etish va o\u2018tkazish uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo\u2018lgan O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylov komissiyalari tizimiga boshchilik qiladi, o\u2018z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi hamda o\u2018z faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga amal qiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a\u2019zolari Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo\u2018yicha O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan komissiya a\u2019zolari orasidan besh yillik muddatga komissiya majlisida saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi etib saylanishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>XXIII bob. Sud hokimiyati<\/strong><\/p>\n<p><strong>130-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5536807\">9-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>131-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida sud tizimi va sudlar faoliyatining tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923\">Sudlar to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5391934\">O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlariga qarang.<\/em><\/p>\n<p>Favqulodda sudlar tuzishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p><strong>132-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to\u2018g\u2018risidagi ishlarni ko\u2018radi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy sud O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi vakilini qo\u2018shgan holda saylanadi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz o\u2018n yillik muddatga saylanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi o\u2018z tarkibidan O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisini va uning o\u2018rinbosarini besh yillik muddatga saylaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy Qonunning <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5391934#-5395958\">6-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>133-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:<\/p>\n<p>1) O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlarining va O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O\u2018zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;<\/p>\n<p>2) O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to\u2018g\u2018risidagi O\u2018zbekiston Respublikasi qonunlari O\u2018zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi;<\/p>\n<p>3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to\u2018g\u2018risida xulosa beradi;<\/p>\n<p>4) Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Konstitutsiyasining O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi qonunlarining O\u2018zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to\u2018g\u2018risida xulosa beradi;<\/p>\n<p>5) O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;<\/p>\n<p>6) O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo\u2018llanilishi lozim bo\u2018lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligi to\u2018g\u2018risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko\u2018rib chiqadi;<\/p>\n<p>7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari yuzasidan har yili O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to\u2018g\u2018risida axborot taqdim etadi;<\/p>\n<p>8) O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolati doirasida boshqa ishlarni ko\u2018rib chiqadi.<\/p>\n<p>Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib bo\u2018lingan bo\u2018lsa, sudda ko\u2018rib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan o\u2018ziga nisbatan qo\u2018llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi to\u2018g\u2018risidagi shikoyat bilan O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e\u2019lon qilingan kundan e\u2019tiboran kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy sudning qarori qat\u2019iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Konstitutsiyaviy Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5391934#-5395915\">4<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5391934#-5395980\">8<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5391934#-5399304\">72-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>134-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat\u2019iy hisoblanadi va O\u2018zbekiston Respublikasining butun hududida bajarilishi majburiydir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5536868\">18 \u2014 31-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi va uning o\u2018rinbosarlari O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o\u2018rinbosari etib saylanishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>135-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining mustaqil organi bo\u2018lib, u sudyalar korpusining shakllantirilishini, sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi va uning o\u2018rinbosari O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan besh yillik muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi, rais o\u2018rinbosari etib saylanishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/3153668\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>136-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Sudyalar mustaqildirlar, faqat Konstitutsiya va qonunga bo\u2018ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo\u2018ladi. Sudyalar muayyan ishlar bo\u2018yicha hisobdor bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/111453#-267000\">236-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Sudyalar daxlsizdir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5538247\">63 \u2014 66-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Davlat sudyaning va uning oila a\u2019zolarining xavfsizligini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>Sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga, uning vakolatlarini bekor qilishga yoki to\u2018xtatib turishga, boshqa lavozimga o\u2018tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko\u2018ra yo\u2018l qo\u2018yiladi. Sudning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi sudyani lavozimidan ozod etish uchun asos bo\u2018lib xizmat qilishi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5538610\">78<\/a> va <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5534923#-5538622\">79-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo\u2018lishi mumkin emas.<\/p>\n<p>Sudyalar siyosiy partiyalarning a\u2019zosi bo\u2018lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to\u2018lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug\u2018ullanishi mumkin emas.<\/p>\n<p><strong>137-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Hamma sudlarda ishlar ochiq ko\u2018riladi. Ishlarni yopiq majlisda tinglashga qonunda belgilangan hollardagina yo\u2018l qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p><strong>138-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiydir.<\/p>\n<p><strong>139-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o\u2018zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko\u2018pchilik aholi so\u2018zlashadigan tilda yoxud qonunga muvofiq boshqa tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to\u2018la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so\u2018zlash huquqi ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p><strong>140-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Sudlarning faoliyatini moliyalashtirish faqat O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan amalga oshiriladi hamda u odil sudlovni to\u2018liq va mustaqil amalga oshirish imkoniyatini ta\u2019minlashi kerak.<\/p>\n<p><strong>XXIV bob. Advokatura<\/strong><\/p>\n<p><strong>141-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko\u2018rsatish uchun advokatura faoliyat ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o\u2018zini o\u2018zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi.<\/p>\n<p>Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>142-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Advokat o\u2018z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Advokatga o\u2018z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>Advokat, uning sha\u2019ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo\u2018ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.<\/p>\n<p><strong>XXV bob. Prokuratura<\/strong><\/p>\n<p><strong>143-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo\u2018ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cProkuratura to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106289\">10<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106303\">12<\/a>, <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106335\">15 \u2014 17-moddalari<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>144-modda.<\/strong><\/p>\n<p>Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining prokurori O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.<\/p>\n<p>Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati \u2014 besh yil.<\/p>\n<p>Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O\u2018zbekiston Respublikasining Bosh prokurori lavozimini egallashi mumkin emas.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cProkuratura to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106300\">11-moddasi<\/a>, 12-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106304\">birinchi qismi<\/a>, 15-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106336\">birinchi qismi<\/a>, 16-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106354\">birinchi qismi<\/a>, 17-moddasining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/106197#-106379\">birinchi qismi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>145-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining prokuratura organlari o\u2018z vakolatlarini boshqa davlat organlaridan, o\u2018zga tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda, faqat O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga bo\u2018ysungan holda amalga oshiradi.<\/p>\n<p>Prokurorlar o\u2018z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko\u2018zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a\u2019zolikni to\u2018xtatib turadilar.<\/p>\n<p>Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko\u2018rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>146-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo\u2018yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo\u2018linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko\u2018rsatishi taqiqlanadi.<\/p>\n<p>Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko\u2018rsatishlari mumkin.<\/p>\n<p><strong>XXVI bob. Moliya, pul va bank tizimi<\/strong><\/p>\n<p><strong>147-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega.<\/p>\n<p><strong>148-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iboratdir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat budjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqlik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasi Budjet <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/2304138\">kodeksi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi.<\/p>\n<p>Fuqarolarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishi tartibi va shakllari qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><strong>149-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlarni joriy qilish huquqi O\u2018zbekiston Respublikasining Oliy Majlisiga tegishlidir.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: mazkur Konstitutsiyaning 93-moddasi birinchi qismining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/6445145#-6445801\">11-bandi<\/a>, O\u2018zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4674902#-4675292\">11-moddasi<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>150-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining pul birligi so\u2018mdir.<\/p>\n<p>So\u2018m O\u2018zbekiston Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to\u2018lov vositasidir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki O\u2018zbekiston Respublikasining hududida qonuniy to\u2018lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.<\/p>\n<p><strong>151-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining bank tizimi O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit va valyuta siyosatini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda banklar faoliyatini tartibga solishni amalga oshiradi, bank va to\u2018lov tizimlarining barqaror faoliyat ko\u2018rsatishini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki o\u2018z vazifalarini bajarishda mustaqildir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4581969\">Banklar va bank faoliyati to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/5972411\">Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi, \u201c<a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/4590452\">O\u2018zbekiston Respublikasining Markaziy banki to\u2018g\u2018risida<\/a>\u201dgi qonunlari.<\/em><\/p>\n<p><strong>XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik<\/strong><\/p>\n<p><strong>152-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O\u2018zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.<\/p>\n<p>Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cMudofaa to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/108083#-108164\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p><strong>153-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi o\u2018z xavfsizligini ta\u2019minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega.<\/p>\n<p><strong>OLTINChI BO\u2018LIM. KONSTITUTSIYANI O\u2018ZGARTIRISh TARTIBI<\/strong><\/p>\n<p><strong>154-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar tegishincha O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a\u2019zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko\u2018pchiligi tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaviy qonun yoki O\u2018zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.<\/p>\n<p><em>\u00a0LexUZ sharhi<\/em><\/p>\n<p><em> Qarang: O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cO\u2018zbekiston Respublikasining referendumi to\u2018g\u2018risida\u201dgi <a href=\"http:\/\/lex.uz\/docs\/81253#-81364\">Qonuni<\/a>.<\/em><\/p>\n<p>Ushbu Konstitutsiya 1-moddasining va ushbu modda ikkinchi qismining qoidalari qayta ko\u2018rib chiqilishi mumkin emas.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini qo\u2018llashning o\u2018ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin.<\/p>\n<p><strong>155-modda.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Konstitutsiyani o\u2018zgartirish to\u2018g\u2018risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o\u2018tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mazkur yangi tahrirdagi O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil 30-aprel kuni o\u2018tkazilgan O\u2018zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan. MUQADDIMA Biz, O\u2018zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e\u2019lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g\u2018oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti,&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":[],"_links":{"self":[{"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/89"}],"collection":[{"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=89"}],"version-history":[{"count":3,"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/89\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5087,"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/89\/revisions\/5087"}],"wp:attachment":[{"href":"http:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=89"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}