{"id":96,"date":"2017-05-15T10:09:41","date_gmt":"2017-05-15T05:09:41","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/?page_id=96"},"modified":"2025-03-17T17:04:51","modified_gmt":"2025-03-17T12:04:51","slug":"urindoshlik-nizomuzbekiston-respublikasi-vazirlar-mahkamasining","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/?page_id=96","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O\u2018rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lovozimda ishlash tartibi to&#8217;g&#8217;risidagi Nizom"},"content":{"rendered":"<p style=\"text-align: center\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining<\/p>\n<p style=\"text-align: center\">qarori<\/p>\n<p style=\"text-align: center\"><strong>O\u02bbRINDOSHLIK ASOSIDA HAMDA BIR NECHA KASBDA VA LAVOZIMDA ISHLASH TARTIBI TO\u02bbG\u02bbRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA<\/strong><\/p>\n<p><em>(O\u02bbzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to\u02bbplami, 2012-y., 41-42-son, 485-modda)<\/em><\/p>\n<p>Fuqarolarning o\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda (lavozimda) ishlashini yanada tartibga solish, shuningdek aholi daromadlarini ko\u02bbpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:<\/p>\n<ol>\n<li>O\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to\u02bbg\u02bbrisidagi Nizom<a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070215\"> ilovaga <\/a>muvofiq tasdiqlansin.<\/li>\n<li>Belgilansinki:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi uchun mas\u02bculiyat o\u02bbrindoshlar ishlaydigan tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi;<\/p>\n<p>davlat va xo\u02bbjalik boshqaruvi organlarida, shu jumladan o\u02bbrindoshlik asosida bir vaqtning o\u02bbzida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.<\/p>\n<ol start=\"3\">\n<li>O\u02bbzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibiga rioya etilishi yuzasidan qat\u02bciy nazoratni ta\u02bcminlasin;<\/p>\n<p>ommaviy axborot vositalarida hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy organlari orqali o\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to\u02bbg\u02bbrisida zarur tushuntirish ishlarini tashkil etsin;<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishgan holda, mehnat bozorining tahlilini hisobga olib, zaruriyat bo\u02bblganda o\u02bbrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro\u02bbyxatini qayta ko\u02bbrib chiqish hamda unga o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar kiritish to\u02bbg\u02bbrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/p>\n<ol start=\"4\">\n<li>Manfaatdor davlat boshqaruvi organlari byudjet tashkilotlarining bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganligi, xizmat ko\u02bbrsatish doirasi kengayganligi yoki bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun qo\u02bbshimcha haq belgilanishi mumkin bo\u02bblgan xodimlari kasblari (lavozimlari) ro\u02bbyxatini ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar hamda O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.<\/li>\n<li>Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda:<\/li>\n<\/ol>\n<p>manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar to\u02bbg\u02bbrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;<\/p>\n<p>idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.<\/p>\n<ol start=\"6\">\n<li>Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O\u02bbzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o\u02bbrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right\">Toshkent sh.,<\/p>\n<p style=\"text-align: right\">2012-yil 18-oktyabr,<\/p>\n<p style=\"text-align: right\">297-son<\/p>\n<p style=\"text-align: center\">Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161\">qaroriga<br \/>\n<\/a>ILOVA<\/p>\n<p style=\"text-align: center\"><strong>O\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to\u02bbg\u02bbrisida<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center\">NIZOM<\/p>\n<ol>\n<li><strong> Umumiy qoidalar<\/strong><\/li>\n<li>Ushbu Nizom mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda (keyingi o\u02bbrinlarda tashkilot deb ataladi) mehnat shartnomasiga (kontraktga) (keyingi o\u02bbrinlarda mehnat shartnomasi deb ataladi) muvofiq o\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlovchi jismoniy shaxslar \u2014 O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxslarning mehnat munosabatlarini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Ish beruvchi bilan o\u02bbrindoshlik asosida ishlovchi o\u02bbrtasidagi munosabatlar, ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda, O\u02bbzbekiston Respublikasining <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=142859\">Mehnat kodeksi <\/a>bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<ol start=\"2\">\n<li>Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>1.Mehnat huquqi \/ Asosiy ish joyi]<\/p>\n<p><strong>asosiy ish joyi<\/strong> \u2014 O\u02bbzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=142859#143607\">81-moddasiga <\/a>muvofiq ish beruvchi tomonidan xodimning mehnat daftarchasi yuritiladigan tashkilot;<\/p>\n<p>1.Mehnat huquqi \/ O\u02bbrindoshlik asosida ishlash]<\/p>\n<p><strong>o\u02bbrindoshlik asosida ishlash<\/strong> \u2014 xodimning o\u02bbzining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo\u02bbsh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to\u02bblanadigan ishni bajarishi.<\/p>\n<ol start=\"3\">\n<li>Ushbu Nizomga ilova qilinayotgan <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070313\">ro\u02bbyxatda<\/a> ko\u02bbrsatilgan ish turlari o\u02bbrindoshlik asosidagi ishlar hisoblanmaydi.<\/li>\n<li>Quyidagilarning o\u02bbrindoshlik asosida ishlashi taqiqlanadi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u02bbn sakkiz yoshga to\u02bblmagan shaxslar;<\/p>\n<p>agar shaxsning asosiy ishi mehnatning noqulay shart-sharoitlari bilan bog\u02bbliq bo\u02bblsa, shunday shart-sharoitdagi ishlarda ishlash;<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, ularning o\u02bbrinbosarlari va tarkibiy bo\u02bblinmalar boshliqlari, Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va a\u02bczolari, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti va O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;<\/p>\n<p>viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari va ularning o\u02bbrinbosarlari;<\/p>\n<p>bir-biriga bo\u02bbysunuvchi yoki bir-birining nazoratidagi tashkilotlarda davlat boshqaruvi organlari mutaxassislari &#8211; sog\u02bbliqni saqlashni boshqarish organlarida band bo\u02bblgan vrachlar va ta\u02bclimni boshqarish organlarida band bo\u02bblgan o\u02bbqituvchilar bundan mustasno;<\/p>\n<p>qonun hujjatlariga muvofiq o\u02bbrindoshlik asosida ishlashi taqiqlangan boshqa shaxslar (xodimlar).<\/p>\n<ol start=\"5\">\n<li>O\u02bbrindoshlik asosida ishlashga, agar ushbu Nizomda o\u02bbzgacha tartib nazarda tutilmagan bo\u02bblsa, asosiy ish joyida (ichki o\u02bbrindoshlik) yoxud boshqa tashkilotda (tashqi o\u02bbrindoshlik) ishlashga yo\u02bbl qo\u02bbyiladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Xodimning asosiy ish joyi hisoblangan tashkilotda o\u02bbrindoshlik asosida ishlashga vaqtincha bo\u02bblmagan xodimning ishini bajarishda yoki bo\u02bbsh lavozimdagi ishni bajarishda yo\u02bbl qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<ol start=\"6\">\n<li>O\u02bbrindoshlik asosida boshqa tashkilotga ishga kirayotgan shaxslar:<\/li>\n<\/ol>\n<p>pasportni yoxud uning o\u02bbrnini bosadigan hujjatni;<\/p>\n<p>mehnat daftarchasi o\u02bbrniga asosiy ish joyidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo\u02bbyicha ma\u02bclumotnomani taqdim etishi shart.<\/p>\n<p>O\u02bbrindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo\u02bbmitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.<\/p>\n<p>Bajarilishi uchun faqat qonun hujjatlariga muvofiq muayyan ish stajiga ega bo\u02bblgan shaxslar qo\u02bbyilishi mumkin bo\u02bblgan ishga o\u02bbrindoshlik asosida qabul qilishda asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.<\/p>\n<p>Maxsus bilimlarni talab etadigan o\u02bbrindoshlik asosida ishga qabul qilishda ish beruvchi xodimdan ma\u02bclumoti yoki kasb-hunar bo\u02bbyicha tayyorgarligi to\u02bbg\u02bbrisidagi diplomni yoxud boshqa hujjatni talab qilish huquqiga ega.<\/p>\n<ol start=\"7\">\n<li>O\u02bbrindoshlik asosida ishlashning davomiyligi xodimlarning ushbu toifasi uchun belgilangan ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo\u02bblishi mumkin emas. Xodim asosiy ish joyidagi mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo\u02bblgan kunlarda u o\u02bbrindoshlik asosida to\u02bbliq ish kunida ishlashi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Agar tashkilotda o\u02bbrindoshlar uchun ish vaqti davomiyligining har kungi yarim normasiga rioya etilishi mumkin bo\u02bblmagan taqdirda ish vaqtini jamlab hisoblab yuritishga yo\u02bbl qo\u02bbyiladi. Ish vaqti jamlab hisoblab yuritilganda o\u02bbrindoshlik asosida ish vaqtining umumiy davomiyligi hisobga olinadigan davr uchun o\u02bbrindoshlik asosidagi lavozim bo\u02bbyicha ish vaqti normasining yarmidan ortiq bo\u02bblmasligi kerak. Bunda hisobga olinadigan davr bir oydan ortiq bo\u02bblmasligi, kunlik ishning davomiyligi esa \u2014 o\u02bbn ikki soatdan ortiq bo\u02bblmasligi kerak.<\/p>\n<ol start=\"8\">\n<li>Xodim bilan o\u02bbrindoshlik asosida ishlash uchun tuziladigan mehnat shartnomasida O\u02bbzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan talablar bilan birgalikda ish vaqtining davomiyligi majburiy tartibda ko\u02bbrsatiladi.<\/li>\n<li>Xodimning yozma arizasiga ko\u02bbra, o\u02bbrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma\u02bclumotnoma asosida ish beruvchi tomonidan xodimning asosiy ish joyidagi mehnat daftarchasiga ish davri ko\u02bbrsatilgan holda o\u02bbrindoshlik asosidagi ish to\u02bbg\u02bbrisidagi yozuv kiritiladi. O\u02bbrindoshlik asosidagi ish joyidan beriladigan ma\u02bclumotnoma shakli O\u02bbzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u02bbrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan ma\u02bclumotnoma asosiy ish joyida saqlanadi.<\/p>\n<ol start=\"10\">\n<li>Agar xodimning iltimosiga ko\u02bbra uning mehnat daftarchasiga o\u02bbrindoshlik asosidagi ish to\u02bbg\u02bbrisidagi ma\u02bclumotlar kiritilgan bo\u02bblsa, u holda o\u02bbrindoshlik asosidagi ish joyidan berilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to\u02bbg\u02bbrisidagi buyruqning nusxasiga muvofiq asosiy ish joyida mehnat daftarchasiga bu haqda yozuv kiritiladi. Mehnat shartnomasi bekor qilinishining asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.<\/li>\n<li><strong> Mehnatga haq to\u02bblash<\/strong><\/li>\n<li>O\u02bbrindoshlar mehnatiga haq to\u02bblash mehnat shartnomasiga muvofiq:<\/li>\n<\/ol>\n<p>mehnatga haq to\u02bblashning ishbay shaklida \u2013 haqiqatda bajarilgan ish uchun;<\/p>\n<p>mehnatga haq to\u02bblashning vaqtbay shaklida \u2013 ishlangan vaqtga mutanosib tarzda amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"12\">\n<li>Mehnatga haq to\u02bblashning ishbay tizimida ish haqi ishning qiymati bo\u02bbyicha hisoblanadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Agar mehnatga haq to\u02bblashning vaqtbay shaklida o\u02bbrindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda mehnatga haq to\u02bblash xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun ishning pirovard natijasi bo\u02bbyicha to\u02bblanadi.<\/p>\n<p>Tuman koeffitsiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda o\u02bbrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to\u02bblash koeffitsiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"13\">\n<li>O\u02bbrindoshlik asosidagi ish uchun mehnatga haq to\u02bblashning eng kam miqdori mehnat unumdorligiga yoki mehnat shartnomasida nazarda tutilgan boshqa shartlarga qarab, ishlangan vaqtga proporsional ravishda, qonun hujjatlarida belgilangan Mehnatga haq to\u02bblashning yagona tarif setkasi bo\u02bbyicha birinchi razryad tarif koeffitsiyenti asosida hisoblab chiqilgan miqdordan past bo\u02bblishi mumkin emas.<\/li>\n<li>Xodimning o\u02bbrtacha ish haqini hisoblab chiqishda, ushbu hisoblab chiqish maqsadlaridan qat\u02bci nazar, asosiy ish joyi bo\u02bbyicha va o\u02bbrindoshlik bo\u02bbyicha ish uchun ish haqi alohida hisoblab chiqiladi.<\/li>\n<li>Agar ichki mehnat tartibida yoki tashkilotning jamoaviy shartnomasida o\u02bbzgacha tartib nazarda tutilmagan bo\u02bblsa, o\u02bbrindoshlarning mehnati uchun rag\u02bbbatlantirish tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>III. O\u02bbrindoshlarga haqi to\u02bblanadigan har yilgi mehnat ta\u02bctillari, davlat ijtimoiy sug\u02bburtasi bo\u02bbyicha nafaqalar berish<\/strong><\/p>\n<ol start=\"16\">\n<li>O\u02bbrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o\u02bbrindoshlar haqli bo\u02bblgan qo\u02bbshimcha ta\u02bctillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta\u02bctili bilan bir vaqtda beriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Agar o\u02bbrindoshlik asosida ishlashning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo\u02bblsa, u holda o\u02bbrindoshlik asosidagi ishda ta\u02bctil uchun ishlangan vaqtga proporsional haq to\u02bblanadi.<\/p>\n<p>Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o\u02bbrindoshlarning mehnat ta\u02bctiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun mehnat ta\u02bctiliga o\u02bbrindoshlik asosidagi ishning o\u02bbrtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to\u02bblanadi.<\/p>\n<ol start=\"17\">\n<li>Asosiy ish joyi bo\u02bbyicha haq to\u02bblanadigan mehnat ta\u02bctilining davomiyligi o\u02bbrindoshlik asosidagi ish haqi to\u02bblanadigan mehnat ta\u02bctilining davomiyligidan ortiq bo\u02bblsa, u holda ish beruvchi o\u02bbrindoshning iltimosiga ko\u02bbra unga o\u02bbrindoshlik asosidagi ish haqi to\u02bblanadigan ta\u02bctildan tashqari asosiy ish bo\u02bbyicha haq to\u02bblanadigan ta\u02bctilning qancha davom etishi bilan o\u02bbrindoshlik asosidagi ish haqi to\u02bblanadigan ta\u02bctilning tafovutini tashkil etuvchi kunlar uchun ish haqi saqlanmaydigan ta\u02bctil berishga majburdir.<\/li>\n<li>O\u02bbrindoshlar o\u02bbrindoshlik asosidagi ish joyi bo\u02bbyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug\u02bbish nafaqalari olish huquqiga egadir.<\/li>\n<li>Sog\u02bbliqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070297\">18-bandida <\/a>nazarda tutilgan o\u02bbrindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.<\/li>\n<li><strong> Bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>1.Mehnat huquqi \/ Bir necha kasb va lavozimda ishlash]<\/p>\n<ol start=\"20\">\n<li>Xodim tomonidan mehnat shartnomasida kelishilgan o\u02bbzining asosiy ishi bilan birgalikda boshqa kasb va lavozim bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha ish bajarilishi va ichki tartib-qoidalar bilan belgilangan o\u02bbzining asosiy ishidan ozod bo\u02bblmagan holda, vaqtincha bo\u02bblmagan xodimning vazifalarini bajarishi bir necha kasb va lavozimda ishlash deb e\u02bctirof etiladi.<\/li>\n<li>Bir necha kasb va lavozimda ishlashga, qoidaga ko\u02bbra, ushbu xodim tegishli bo\u02bblgan xodimlar toifasi doirasida ruxsat beriladi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining bir necha kasb va lavozimda ishlashi ish beruvchilar tomonidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.<\/li>\n<li>Tashkilotning xodimi qo\u02bbshimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi bo\u02bbyicha belgilanadi.<\/li>\n<li>Bir necha kasb va lavozimda ishlash, o\u02bbzining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha bo\u02bblmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun qo\u02bbshimcha haq to\u02bblanadi.<\/li>\n<li>Xodimlarga bir necha kasb va lavozimda ishlaganligi, xizmat ko\u02bbrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o\u02bbzining asosiy ishi bilan birgalikda vaqtincha bo\u02bblmagan xodimning vazifalarini bajarganligi uchun qo\u02bbshimcha haq miqdori, agar ichki mehnat tartibida o\u02bbzgacha qoida nazarda tutilmagan bo\u02bblsa, tomonlarning kelishuviga ko\u02bbra belgilanadi.<\/li>\n<li>Byudjet tashkilotlarida qo\u02bbshimcha haq miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlagandagi lavozim maoshining 30 foizidan yuqori bo\u02bblishi mumkin emas.<\/li>\n<li>Bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibi va shartlari xizmat ko\u02bbrsatish doirasi kengayganda yoki bajariladigan ishlar hajmi ortganda ham qo\u02bbllaniladi.<\/li>\n<li><strong> Yakunlovchi qoidalar<\/strong><\/li>\n<li>O\u02bbrindoshlar bilan mehnat shartnomasi O\u02bbzbekiston Respublikasining <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=142859\">Mehnat kodeksi <\/a>asosida to\u02bbxtatiladi.<\/li>\n<li>O\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasb va lavozimda ishlash tartibiga rioya qilinishi yuzasidan javobgarlik xodimni o\u02bbrindoshlik asosida ishga qabul qiluvchi tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.<\/li>\n<li>Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, kasaba uyushmalari, shuningdek ish beruvchilar tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to\u02bbg\u02bbrisidagi <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070217\">Nizomga<br \/>\n<\/a>ILOVA<\/p>\n<p style=\"text-align: center\"><strong>O\u02bbrindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center\">ro\u02bbyxati<\/p>\n<ol>\n<li>Ilmiy faoliyatni yoki o\u02bbqituvchilik faoliyatini amalga oshirish, agar bunday faoliyat asosiy ish joyi bo\u02bbyicha bajariladigan ish hisoblanmasa.<\/li>\n<li>Fan, adabiyot va san\u02bcat asarlari yaratish.<\/li>\n<li>Xodim tomonidan, asosiy ishdan tashqari, o\u02bbsha tashkilotning o\u02bbzida shtat lavozimini egallamasdan boshqa ishni bajarish, shu jumladan:<\/li>\n<\/ol>\n<p>umumta\u02bclim maktablari o\u02bbqituvchilari hamda kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o\u02bbqituvchilari tomonidan kabinetlarga, laboratoriyalarga mudirlik qilish bo\u02bbyicha vazifalarni bajarish, to\u02bbgaraklarga rahbarlik qilish, shuningdek ular tomonidan belgilangan yuklamadan ortiq o\u02bbquv-tarbiyaviy ishlarni bajarish;<\/p>\n<p>ishning ushbu turi bo\u02bbyicha ish vaqti normal davom etishining 50 foizidan ortiq bo\u02bblmagan hajmda mehnatga soatbay haq to\u02bblanadigan pedagogik ish;<\/p>\n<p>ta\u02bclim muassasalari rahbarlarining o\u02bbqituvchi lavozimi bo\u02bbyicha yillik ish rejasida (ish vaqti normasi bilan) nazarda tutilgan jami ish vaqtining 50 foizidan ortiq bo\u02bblmagan hajmda o\u02bbqituvchilik ishi;<\/p>\n<p>tashkilotlar muhandis-texnik xodimlarining talabalar va o\u02bbquvchilarning ishlab chiqarish ta\u02bclimi va amaliyotiga rahbarlik qilish bo\u02bbyicha ishi;<\/p>\n<p>tibbiyot xodimlarining belgilangan vaqt normasidan ortiqcha navbatchilik qilishi;<\/p>\n<p>Hukumat qarorlari bilan xodimning ish haqiga ustamalar belgilangan vazifalarni bajarish.<\/p>\n<ol start=\"4\">\n<li>Mualliflik gonorari shaklida haq to\u02bblanadigan adabiy ish, shu jumladan alohida asarlarni tahrir, tarjima qilish va ularga taqriz yozish bo\u02bbyicha ishlar.<\/li>\n<li>Mehnatga bir marta haq to\u02bblangan holda texnik, tibbiy, buxgalteriya, huquqiy va boshqa ekspertiza (maslahat berish).<\/li>\n<li>Umumta\u02bclim maktablari va maktabdan tashqari ta\u02bclim muassasalari o\u02bbqituvchilari, o\u02bbrta maxsus, kasb-hunar ta\u02bclimi muassasalari ustalari, maktabgacha ta\u02bclim muassasalarining pedagog xodimlari, ta\u02bclim muassasalari konsertmeysterlari va akkompaniatorlarining aynan bir ta\u02bclim muassasasidagi o\u02bbquv yuklamasining belgilangan normasidan ortiqcha ishi.<\/li>\n<li>Sog\u02bbliqni saqlash muassasalarida oyiga 24 soatdan ortiq bo\u02bblmagan hajmda, mehnatga bir marta yoki soatbay haq to\u02bblangan holda, tibbiyot maslahatchilari vazifalarini bajarish.<\/li>\n<li>Ilmiy-tadqiqot muassasalarida va oliy ta\u02bclim muassasalarida ushbu ta\u02bclim muassasalari shtatida turmagan ilmiy xodimlar tomonidan katta ilmiy xodimlarga \u2014 izlanuvchilarga rahbarlik qilish.<\/li>\n<li>Xodim tomonidan siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va jamoat birlashmalari markaziy va hududiy organlarining saylab qo\u02bbyiladigan lavozimlarida rahbar xodim, Kuzatuvchi kengash yoki Direktorlar (boshqaruvchilar) kengashi raisi yoki a\u02bczosi, Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida qo\u02bbmitani boshqaruvchi, ishonchli boshqaruvchi yoki tashkilotda davlatning ishonchli vakili sifatida bajariladigan ish.<\/li>\n<li>Jamoatchilik asosida bajariladigan ishlar.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Izoh: <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070318\">2-bandda<\/a>, 3-bandning <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070320\">ikkinchi<\/a> va<a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070321\"> uchinchi xatboshilarda<\/a>, shuningdek<a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070326\"> 4<\/a>, <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070327\">5<\/a>, <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070329\">7<\/a>, <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070331\">9 <\/a>va <a href=\"http:\/\/energetikkasaba.uz\/pages\/GetAct.aspx?lact_id=2070161#2070332\">10-bandlarda <\/a>ko\u02bbrsatilgan ishlarni asosiy ish bo\u02bbyicha ish vaqtida bajarishga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi. Ishlarning boshqa turlari ishlarning xususiyatiga ko\u02bbra ham asosiy ish vaqtida, ham undan tashqari vaqtda bajariladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori O\u02bbRINDOSHLIK ASOSIDA HAMDA BIR NECHA KASBDA VA LAVOZIMDA ISHLASH TARTIBI TO\u02bbG\u02bbRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA (O\u02bbzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to\u02bbplami, 2012-y., 41-42-son, 485-modda) Fuqarolarning o\u02bbrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda (lavozimda) ishlashini yanada tartibga solish, shuningdek aholi daromadlarini ko\u02bbpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: O\u02bbrindoshlik asosida hamda bir&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/96"}],"collection":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=96"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/96\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4704,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/96\/revisions\/4704"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=96"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}