{"id":3246,"date":"2023-01-26T17:25:18","date_gmt":"2023-01-26T12:25:18","guid":{"rendered":"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/?p=3246"},"modified":"2023-01-26T17:25:29","modified_gmt":"2023-01-26T12:25:29","slug":"xalqaro-korik-tanlovga-start-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/?p=3246","title":{"rendered":"Xalqaro ko\u2018rik-tanlovga start berildi."},"content":{"rendered":"\n<p>Joriy yilning 20-yanvar kunida O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi\u00a0 Respublika Kengashining rayosati va \u201cQozog\u2018iston energetiklarining tarmoqaro kasaba uyushmasi\u201d jamoat birlashmasi ijroiya qo\u2018mitasi \u00ab2023 yilda\u00a0 kasaba uyushmalaridagi faol xotin-qizlar o\u2018rtasida \u201cYulduz\u201d xalqaro ko\u2018rik-tanlovini o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qo\u2018shma qarorining imzolash marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi.\u00a0 Qo\u2018shma qarorning imzolash marosimi Toshkent va Ostona shaxarlarda masofaviy tarzda videokonferensaloqa orqali bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Marosimda O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi\u00a0 Respublika Kengashining raisi Qurbanov Shuxrat Turaevich, \u201cQozog\u2018iston energetiklarining tarmoqaro kasaba uyushmasi\u201d jamoat birlashmasi raisi Bekbas Orazbek Telbaevich va ikki qardosh mamlakat tarmoq kasaba uyushmalari mas&#8217;ul xodimlari ishtirok etdi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" width=\"1024\" height=\"494\" src=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-00-1024x494.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-3247\" srcset=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-00-1024x494.jpg 1024w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-00-300x145.jpg 300w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-00-768x371.jpg 768w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-00-150x72.jpg 150w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-00.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Aytib o\u2018tish joizki, 2022-yilning 23 avgust kuni Buxoro shahrida O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi\u00a0 Respublika Kengashi va \u201cQozog\u2018iston energetiklarining tarmoqaro kasaba uyushmasi\u201d jamoat birlashmasi o\u2018rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida hamda 2022 yilning 19-21 oktyabr kunlarida Shimkent shahri va Turkiston viloyatida (Qozog\u2018iston Respublikasi) bo\u2018lib o\u2018tgan \u201cKasaba uyushmalari harakatida xotin-qizlarning bunyodkorlik o\u2018rni\u201d xalqaro seminari rezolyusiyasini amalga oshirish maqsadida kasaba uyushmalaridagi faol xotin-qizlar o\u2018rtasida \u201cYulduz\u201d halqaro ko\u2018rik-tanlovi o\u2018tkazilishi rejalashtirilgan edi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, ularning mavqeini yuksaltirish, huquqlarini har tomonlama himoyalash, jamiyatda o\u2018zining munosib o\u2018rniga ega bo\u2018lishi uchun zarur ijtimoiy, siyosiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish masalasiga doimiy e&#8217;tibor berib kelmoqda. Shu bois, jamiyat hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlar rolini kuchaytirish va maqomini oshirish, ularning huquqiy hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko\u2018maklashish maqsadida O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan ham qator tadbirlar amalga oshirib kelmoqda.<\/p>\n<p>\u00a0Energetika, neft-gaz va geologiya tarmog\u2018ida jami 192 mingga yaqin ishchi-xodimlar faoliyat yuritadi, ulardan qariyib 22 mingga yaqin xotin-qizlar tashkil etadi. Binobarin, tarmog\u2018dagi xotin-qizlar masalasiga kasaba uyushmasi tomonidan juda katta e&#8217;tibor qaratilyapti. Ularning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari jamoa shartnomalarida mustahkamlab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Shu bilan bir qatorda xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish yo\u2018lida yangi maqsadlar va rejalar belgilab olingan. Qator masalalar bo\u2018yicha olib borilgan fikr-almashuv va xalqaro muloqotlar tarmoq kasaba uyushmasi\u00a0 hamjamiyatiga integratsiyasini chuqurlashtirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirishga qaratilgan ishlar izchil olib borilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" width=\"1024\" height=\"494\" src=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-05-1024x494.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-3248\" srcset=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-05-1024x494.jpg 1024w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-05-300x145.jpg 300w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-05-768x371.jpg 768w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-05-150x72.jpg 150w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-56-05.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Ushbu vaqt mobaynida tomonlar ko\u2018rik-tanlov uchun me&#8217;yoriy hujjatlarni ishlab chiqish bo\u2018yicha o\u2018zaro kelishilgan tayyorgarlik ishlarini olib borishdi. Xususan, \u201cYulduz\u201d (\u201cJulduz\u201d) xalqaro ko\u2018rik-tanlovini o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risidagi Nizom va tanlov komissiyasining tarkibi shakllantirilib, boshqa tegishli hujjatlar tayyorlandi.<\/p>\n<p>Nizomga ko\u2018ra, ko\u2018rik-tanlov bir qator masalalarni hal qilishga qaratilgan. Jumladan,<\/p>\n<ul>\n<li>-xotin-qizlarning kasaba uyushmalari faoliyatidagi yutuqlarini jamoatchilik e&#8217;tirof etish;<\/li>\n<li>kasaba uyushmasiga a&#8217;zo bo\u2018lishga rag\u2018batlantirish, ishlab chiqarishdagi ishchi ayollarni kasaba uyushma ishiga jalb qilish;<\/li>\n<li>zamonaviy jamiyatda ayollarning asosiy rolini, ularning ijtimoiy faolligini va bandligini ommalashtirish;<\/li>\n<li>boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari nufuzini oshirish, kasaba uyushma a&#8217;zolarining dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, kasaba uyushmasining faol a&#8217;zolarini aniqlash va kasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etishga jalb etish;<\/li>\n<li>ishchilarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda ish beruvchilar va kasaba uyushmalari tashkilotlari o\u2018rtasida ishchanlik va konstruktiv hamkorlikni rivojlantirish;<\/li>\n<li>jamoa shartnomalarini tayyorlash, tuzish va amalga oshirishda boshlang\u2018ich kasaba uyushma tashkilotlari va ish beruvchilarning sa&#8217;y-harakatlarini faollashtirish;<\/li>\n<li>mehnat munosabatlarini jamoa shartnoma asosida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;<\/li>\n<li>ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda, mehnat unumdorligini oshirishda xodimlarning mas&#8217;uliyati va tashabbuskorligini oshirish;<\/li>\n<li>xodimlarga milliy qonunchilikka nisbatan qo\u2018shimcha ijtimoiy kafolatlar berish;<\/li>\n<li>ijtimoiy va mehnat sohasidagi kelishmovchiliklarni tartibga solish, mehnat nizolarining oldini olish;<\/li>\n<li>kasaba uyushmasi a&#8217;zolarining birligi va hamjihatligini rivojlantirish;<\/li>\n<li>kasaba uyushmalari faoliyatining ilg\u2018or tajribalarini ommalashtirish;<\/li>\n<li>ayollarning ijtimoiy va ishda o\u2018sishiga to\u2018sqinlik qiladigan stereotiplarni bartaraf etish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Ko\u2018rik-tanlovda xotin-qizlar orasidan tarmoq kasaba uyushmalarining vakillari &#8211; kasaba uyushma faollari (saylangan kasaba uyushmasi a&#8217;zolari, kasaba uyushma tashkilotlarining ishdan ozod etilgan raislari va to\u2018liq ozod etilmagan raislari) ishtirok etadilar.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" width=\"1024\" height=\"768\" src=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-44-1-1024x768.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-3252\" srcset=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-44-1-1024x768.jpg 1024w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-44-1-300x225.jpg 300w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-44-1-768x576.jpg 768w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-44-1-150x113.jpg 150w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-44-1.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-gallery columns-2 is-cropped\"><ul class=\"blocks-gallery-grid\"><li class=\"blocks-gallery-item\"><figure><img loading=\"lazy\" width=\"1024\" height=\"768\" src=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1-1024x768.jpg\" alt=\"\" data-id=\"3253\" data-full-url=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1.jpg\" data-link=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/?attachment_id=3253\" class=\"wp-image-3253\" srcset=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1-1024x768.jpg 1024w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1-300x225.jpg 300w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1-768x576.jpg 768w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1-150x113.jpg 150w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-55-23-1.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure><\/li><li class=\"blocks-gallery-item\"><figure><img loading=\"lazy\" width=\"1024\" height=\"768\" src=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47-1024x768.jpg\" alt=\"\" data-id=\"3251\" data-full-url=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47.jpg\" data-link=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/?attachment_id=3251\" class=\"wp-image-3251\" srcset=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47-1024x768.jpg 1024w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47-300x225.jpg 300w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47-768x576.jpg 768w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47-150x113.jpg 150w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-47.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure><\/li><\/ul><\/figure>\n\n\n\n<p>Ko\u2018rik-tanlov g\u2018oliblarini rag\u2018batlantirish uchun quyidagi miqdorda (kelishuvga ko\u2018ra) mukofot jamg\u2018armasi tashkil etildi.<\/p>\n<p><strong>I o\u2018rin<\/strong> \u2013\u00a0\u00a0 O\u2018zbekiston milliy valyutasida \u2013 10 000 000 so\u2018m;<\/p>\n<p>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Qozog\u2018iston milliy valyutasida \u2013 400 000 tenge;<\/p>\n<p><strong>II o\u2018rin<\/strong> \u2013\u00a0 O\u2018zbekiston milliy valyutasida \u2013 7 000 000 so\u2018m;<\/p>\n<p>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Qozog\u2018iston milliy valyutasida \u2013 300 000 tenge;<\/p>\n<p><strong>III o\u2018rin<\/strong> \u2013 O\u2018zbekiston milliy valyutasida \u2013 4 000 000 so\u2018m;<\/p>\n<p>\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 Qozog\u2018iston milliy valyutasida \u2013 200 000 tenge;<\/p>\n<p>Ko\u2018rik-tanlov to\u2018g\u2018risidagi e&#8217;lonlar Kasaba uyushmalarining rasmiy internet-resurslarida (saytlarida) va ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladi.<\/p>\n<p>Ko\u2018rik-tanlov davrida komissiya a&#8217;zolari Qozog\u2018iston va O\u2018zbekistonga o\u2018zaro tashriflar uyushtirib, ko\u2018rik-tanlovga tavsiya etilgan kasaba uyushma tashkilotlarida bo\u2018lib, uning oraliq natijalarini sarhisob qilishda ishtirok etishlari ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Ko\u2018rik-tanlov g\u2018oliblarini taqdirlash marosimi 2023-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi va Qozog\u2018iston Respublikasi kasaba uyushmalari kunini nishonlash doirasida bo\u2018lib o\u2018tishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Ko\u2018rk-tanlovni tashkil etish va o\u2018tkazish shartlari to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumotni Nizomda (ilovada), shuningdek O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi\u00a0 Respublika Kengashi huzurida tuzilgan Komissiyadan olishingiz mumkin. Biz O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi\u00a0 Respublika Kengashining barcha birlashgan va boshlang\u2018ich kasaba uyushmasi tashkilotlarini faol ishtirok etishga taklif qilamiz.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" width=\"1024\" height=\"768\" src=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-50-1024x768.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-3254\" srcset=\"http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-50-1024x768.jpg 1024w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-50-300x225.jpg 300w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-50-768x576.jpg 768w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-50-150x113.jpg 150w, http:\/\/sub.kasaba.uz\/energo\/wp-content\/uploads\/sites\/31\/2023\/01\/photo_2023-01-26_16-57-50.jpg 1280w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p style=\"text-align: right\"><sub><strong>S.S.Egamberdiev,<\/strong><\/sub><br \/><sub><strong>Y.F.Adilova<\/strong><\/sub><br \/><sub><span style=\"color: #ffffff\">.\u00a0<\/span> \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya <\/sub><sub>xodimlari\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 <\/sub><sub>kasaba uyushmasi <\/sub><sub>Respublika Kengashi xodimlari<\/sub><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n<p><strong>O&#8217;zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning 20-yanvar kunida O\u2018zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi\u00a0 Respublika Kengashining rayosati va \u201cQozog\u2018iston energetiklarining tarmoqaro kasaba uyushmasi\u201d jamoat birlashmasi ijroiya qo\u2018mitasi \u00ab2023 yilda\u00a0 kasaba uyushmalaridagi faol xotin-qizlar o\u2018rtasida \u201cYulduz\u201d xalqaro ko\u2018rik-tanlovini o\u2018tkazish to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qo\u2018shma qarorining imzolash marosimi bo\u2018lib o\u2018tdi.\u00a0 Qo\u2018shma qarorning imzolash marosimi Toshkent va Ostona shaxarlarda masofaviy tarzda videokonferensaloqa orqali&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":29,"featured_media":3247,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3246"}],"collection":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/29"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3246"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3246\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3255,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3246\/revisions\/3255"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/3247"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3246"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3246"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/energo.kasaba.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3246"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}