“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan «Toshkent IES» AJda tadbir tashkil etildi
“28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan “Mehnat muxofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz” shiori ostida birlashgan va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida tadbirlar o’tkazilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” AJ da ham tashkil etildi. Ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh texnik inspektori Saidnosir Saidmaxmudov ham tashrif buyurdi.

Tadbir davomida korxona ishchi-xodimlari bilan o’tkazilgan davra suhbatida ish joylarida sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish borasida o’zaro fikrlar almashildi.

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Сообщить об опечатке
Текст, который будет отправлен нашим редакторам: