Farg‘ona NQIZ faxriylari yana qadrdon korxonaga tashrif buyurishdi
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi avlodlar o‘rtasidagi uzluksizlik an’analarini mustahkamlash va uzoq yillik mehnatga hurmatni…
Ayollarning kasaba uyushmalari faoliyatidagi yutuqlarini eʼtirof etish, zamonaviy jamiyatda ularning asosiy roli, ijtimoiy faolligini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi hamda Qozog‘iston energetiklarining tarmoqaro kasaba uyushmasi bilan birgalikda tizimdagi faol xotin-qizlar o‘rtasida xalqaro “Yulduz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi xodimi R.Nurgaliyeva “O‘ztransgaz” AJ G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida “O‘ztransgaz” AJ xotin-qizlar kengashi rahbari bilan birgalikda boshqarmada xizmat qilayotgan xotin qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Muloqot davomida boshqarmada faoliyat yuritayotgan xotin qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi. “Yulduz” xalqaro ko‘rik-tanlovida “O‘ztransgaz” AJ G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi faol xodimi – Yulduz Ergasheva ishtirok etmoqda.



O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: