Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi xodimlarning farzandlari uchun “Sohibjamol va maxluq” nomli teatr spektakli tashkil etildi
10-yanvar kuni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor tuman hokimligi va Buxoro musiqali drama teatri hamkorligida teatr ijodkorlari tomonidan “Neftchilar” madaniyat saroyida “Sohibjamol va maxluq” nomli spektakl namoyish etildi.
Teatr — inson maʼnaviyatini yuksaltiradigan, ongu shuurini boyitadigan tomosha. Teatrga korxona ishchi-xodimlari hamda ularning farzandlari maroqli dam olish uchun tashrif buyurdi.
Aktyor va aktrisalarning ijro mahorati, sahnada yaratilgan ertakona muhit tomoshabinlarda juda katta taassurot qoldirdi. Barcha tashrif buyurganlar ushbu tomoshadan mamnun boʻlib, ajoyib madaniy hordiq olishdi
Manba: «BNQIZ» KUQ
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
“Taxiatosh IES” AJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yuzasidan hisobot konferensiyasi…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: