“O‘zbekgidroenergo”da Amir Temur yod etildi: ekskursiya tafsilotlari
🔹“O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati topshirig‘iga binoan hamda Jamiyat Birlashgan kasaba uyushmasi tashabbusi bilan bugun, 21-fevral kuni…
Joriy yilning 29-mart kuni “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 2023-2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2023-yilda bajarilishi yakunlari yuzasidan konferensiya boʻlib oʻtdi.


Konferensiyada Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi yetakchi mutaxassisi R.Raxmonov, Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi oʻrinbosari O.Ismoilov, Buxoro viloyat kengashi raisi oʻrinbosari H.Beshimov va viloyat kengashi Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻlimi mudiri S.Ergashevlar ishtirok etdi.




Konferensiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan jamiyat direktori oʻrinbosari A.Nurxanov va kasaba uyushma qoʻmitasi raisi B.Karimovlarning amaldagi jamoa shartnomasiga asosan 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlari tinglandi hamda jamoa shartnomasining ijrosi konferensiya ishtirokchilari tomonidan qoniqarli deb topildi.



O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: