SOG‘LOM MEHNAT MUHITI — BARQAROR TARAQQIYOT ASOSI
❇️Farg‘ona issiqlik elektr markazida mehnat muhofazasi va xodimlar salomatligini asrash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amaldagi mehnat muhofazasi talablari va sanitariya me’yorlariga muvofiq ravishda noqulay ishlab chiqarish omillari mavjud bo‘lgan ish joylarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar doimiy ravishda sut va sut mahsulotlari bilan ta’minlab kelinmoqda.
❇️Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda sog‘lom ish muhitini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: