🌐14-fevral kuni buyuk shoh va shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Urganchtransgaz” UKda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
☑️Tadbirda “O‘ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisining Davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Umarov Abdukarim Suratovich ishtirok etdi.
☑️Tadbir davomida Temuriylar sulolasi vakili, o‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi va Boburiylar sulolasi asoschisi bo‘lgan Boburning hayoti va faoliyati, boy adabiy merosi hamda davlat boshqaruvidagi oqilona siyosati haqida ma’lumotlar berildi. Shoir asarlaridan namunalar o‘qilib, ularning ma’naviy-axloqiy ahamiyati alohida ta’kidlandi.
☑️Mazkur tadbir buyuk ajdodlarimiz merosini keng targ‘ib etish, yoshlar qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email