JAMOAMIZ XOTIN-QIZLARIGA E’TIBOR
Ustyurt gaz-kimyo majmuasida “Uz-Kor Gas Chemical” QK xotin-qizlar va Kasaba uyushmasi qo‘mitalari bilan yaqinlashib kelayotgan bayramlar munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazdi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari I. Nametova Ramazon hayiti, 8 Mart va Navruz ayyomiga tayyorgarlik va bayramlarni munosib nishonlash masalasida so‘zladi.
Hozirda qo‘shma korxonada 72 ayol ishlaydi; ular texnik xizmatkordan rahbarlik lavozimigacha faoliyat olib boradi va sport hamda madaniyat sohalarida ishtirok etadi. Ularga munosib mehnat va dam olish sharoitlari yaratilmoqda.
Kasaba uyushmasi raisi A. Tleumuratov bayram tadbirlari, sovg‘alar va xotin-qizlarning tavsiyalarini tingladi. Yig‘ilishda sport o‘yinlari, viktorinalar, tanlovlar va sayohatlar tashkil etish taklif qilindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: