O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!
🚌Joriy yilning 15-16 fevral kunlari “Toshkent IES” AJ ishchi- xodimlari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida Jizzax viloyatining go‘zal maskanlaridan biri Zomin tumanidagi dam olish hududlariga borishdi.
Dastur doirasida turli madaniy dam olish tadbirlari, jamoaviy o‘yinlar va ekskursiyalar uyushtirildi.
🏛Sayohat ishtirokchilari Zomin milliy tabiat bog‘i, shuningdek, mahalliy tarixiy va tabiiy yodgorliklarni ko‘zdan kechirishdi. Osma dor yo‘lidan tozaligi va musaffoligi bilan mashhur bo‘lgan tog‘li hududlarni tomosha qilishdi. Oyna ko‘priklardan o‘tish sayohatchilarimizga zavq bag‘ishladi.
🔥Bunday tadbirlar xodimlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi, mehnat unumdorligini oshiradi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etadi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: