🎭 Buxoro NQIZ ayollari uchun bayramona madaniy kecha
🔴“Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi xotin-qizlari uchun unutilmas madaniy tadbir tashkil etildi.
🤩Tadbirda Buxoro NQIZ direktor o’rinbosari Amonov Zavqiddin Anasovich so‘zga chiqib, korxona rahbariyati nomidan barcha zavod xodimlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.
⭐️Ayollarning fidokorona mehnati va zavod rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida ta’kidlab, barchaga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
⭐»Neftchilar» madaniyat saroyida Buxoro musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan qiziqarli spektakl namoyishi hamda konsert dasturlari zavodimiz ayollariga bayramona kayfiyat ulashdi.
⭐️Sahnadagi jonli ijro, dilbar qo‘shiqlar va samimiy chiqishlar orqali mehnatkash opa-singillarimizga hurmat va ehtirom ifoda etildi. Ularning korxonamiz rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidoyiligi va matonati yana bir bor e’tirof etildi.
⭐Muhtaram ayollarimizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!🖼️


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: