Qoraqalpog‘iston MET xodimlari uchun Xiva shahriga sayohat
🌐 Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 28-mart kuni Qoraqalpog’iston MET boshlangʻich kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun Xiva shahriga sayohat tashkil etildi.
✔️ Sayohat davomida ishtirokchilar Ichan qal’a, «Arda Xiva» turistik majmuasi hamda boshqa tarixiy-me’moriy obidalarga sayohat qildi.
⚡️ Qoraqalpogʻiston MET rahbariyati bunday tadbirlar ishchi-xodimlarning ma’naviy-ruhiy holatini mustahkamlash va jamoada ijobiy muhitni shakllantirishda muhim ekanini ta’kidlab, kelgusida ham ularni muntazam o‘tkazishni rejalashtirmoqda.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: