DAM OLISH KUNLARI MAZMUNLI O‘TMOQDA: ENERGETIKLAR SAMARQANDDA!
🚌"HET" AJ hamda Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish, ularning…
Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ma’naviy-ma’rifiy ruhdagi davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda korxona xodimlari, mutaxassislar hamda yoshlar ishtirok etib, buyuk sarkarda va davlat arbobining boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvi, adolat va tartib-intizom borasidagi qarashlari haqida atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati davomida Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning markazlashgan davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, ilm-fan va bunyodkorlikka bergan yuksak e’tibori alohida ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, Sohibqironning “Kuch – adolatda” degan shiori bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganligi qayd etildi.
Tadbir qatnashchilari tomonidan buyuk ajdodimizning boy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash muhim vazifalardan biri ekanligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur davra suhbati xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.




Spelling error report
The following text will be sent to our editors: