Prezidentimiz rahbarligida joriy yil 13-mart kuni jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, «Oʻzbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar doirasida joylarda oʻrganish ishlari va ochiq muloqotlar izchil davom ettirilmoqda.

Boshqaruv raisi maslahatchilari hamda Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisidan iborat ishchi guruh » Termiz neft bazasi» MCHJ hamda uning Denovdagi filialidagi ishchi-xizmatchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ish joylarida davlat ramzlari va shiorlarning joylashtirilishi tanqidiy oʻrganildi. Shuningdek, xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Muloqot jarayonida ayrim dolzarb masalalar, jumladan, ish haqi miqdori, oʻz vaqtida toʻlanishi, bayram munosabati bilan beriladigan ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, shuningdek, ish oʻrinlari qisqarishi bilan bogʻliq muammolar koʻtarildi.

Barcha bildirilgan murojaatlar atroflicha oʻrganilib, ular yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi. Joylarda bu kabi uchrashuvlarni muntazam tashkil etish orqali xodimlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Print Friendly, PDF & Email