🔍 Geologiya fanlari universitetining “Umumiy geologiya” kafedrasi hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida “Geozakovat” ko‘chma kubogi doirasida intellektual o‘yin tashkil etildi. Mazkur tadbir talaba-yoshlarning bilim salohiyatini oshirish, ularning geologiya faniga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

🖲️ O‘yin 3 ta shart asosida olib borildi. Birinchi shartda ishtirokchilar geologik xarita asosida geologik kesma tuzish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Ikkinchi shartda esa tog‘ jinslari va minerallarning turlarini aniqlash orqali amaliy bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Uchinchi shart “Zakovat QUIZ” shaklida bo‘lib, unda ishtirokchilar geologiyaga oid turli qiziqarli va mantiqiy savollarga javob berdilar.

🚩 Musobaqa davomida talabalar o‘zaro bellashib, jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, faol ishtirok etgan jamoalar munosib taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email