Farg‘ona IEM filialida ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
“Farg‘ona IEM” filiali Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqarish sexlarida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning mehnat sharoitlari hamda ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🔺Jarayon davomida xodimlarning xavfsiz va qulay mehnat qilishi uchun yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish hududlarida mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi, shuningdek, maishiy xizmat xonalari va dam olish joylarining holati ko‘zdan kechirildi.
🔺Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan bu kabi o‘rganishlar xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, mehnat unumdorligini oshirish va sog‘lom ish muhitini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: