Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika KengashiClick to listen highlighted text!Welcome to O'zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
“O‘zbekneftgaz” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamoaning dam olishini mazmunli tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Jumladan, yozning dastlabki oyidan boshlab “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun Toshkent viloyatida joylashgan oromgohlarga har haftaning dam olish kunlari sayohatlar tashkil etilmoqda.
Ushbu tashabbus xodimlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishi, oilaviy muhitda suhbat va hordiq chiqarish imkoniyatini kengaytirish, shu bilan birga mehnat samaradorligi va jamoaviy ruhni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Zero, xodimning ishdan tashqari vaqtini mazmunli tashkil etish, uning oilaviy xotirjamligi va ruhiy ko‘tarinkiligini ta’minlash korxona samaradorligiga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: