⚡️E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIK — MUSTAQILLIK BAYRAMINING EZGU TUHFASI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda bayram shukuhi, milliy qadriyatlar va inson qadrini…
“Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti ayollar kengashi raisi Suvankulova Guljahon Usmanovna korxonada yig‘ilish o‘tkazdi. Unda xotin-qizlarga oid Prezidentimiz farmoni hamda qarorlari, hukumat qarorlari yuzasidan jamiyatda faoliyat yuritadigan xotin-qizlarga tushuntirish berilib, hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Kengash a’zolari bilan kelishilgan holda yig‘ilish qarori bilan chora-tadbirlar belgilab olindi va shunga asosan har bir sex va bo‘limlarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan uchrashib, tushuntirish ishlari olib borishi belgilandi.



Yig’ilish so’ngida xotin qizlarning fikr va mulohazalari tinglandi va ular uchun majmuada yaratiladigan imkoniyatlar bilan tanishtirildi. Xususan, Majmuada xotin-qizlarning ishdan bo‘sh vaqtlarida shug‘ullanishlari uchun har xil sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilmoqda. Xotin-qizlar talablariga binoan ular uchun majmuaga yaqin joyda sport maydonchasi qurib bitkazilishi arafasida.



Manba: “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ KUQ
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: