“Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialida «Sport — mustahkam oilamiz poydevori» shiori ostida oilaviy spartakiada bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashini ijroiya qo‘mitasining “Korxona va tashkilot xodimlarining oilalari o‘rtasida “Sport-mustahkam oilamiz poydevori” nomli spartakiada musobaqalarini o‘tkazish” to‘g‘risidagi qaroriga asosan, “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tomonidan oilaviy spartakiada musobaqalari bo‘lib o‘tdi. 

Jizzax shahridagi 16-sonli o‘rta maktabning sport zalida bo‘lib o‘tgan oyilaviy sport musobaqalarida filialning “Jizzaxshahargaz”, ”Paxtakortumangaz”, ”Baxmaltumangaz” va “Mirzachultumangaz” gaz ta’minoti bo‘limlaridan jami 4 ta Oilaviy jamoalar ishtirok etishdi.

Jami 20 nafar xodim ishtirok etgan mazkur sport musobaqasini xolisona va tartib-qoidalarga rioya qilgan holda o‘tkazish uchun malakali hakamlar jalb etildi. Bellashuvlar beshta yo‘nalish – “To‘pni almashtirish”, “O‘rtaga tushar”, “O‘mbaloq oshib-to‘pni otish”, “Qoshiqda tennis koptogini olib kelish”, “Arqon tortish” bo‘yicha o‘tkazilib, juda qiziqarli va qizg‘in tarzda kechdi.

Bellashuv natijalariga ko‘ra, “Paxtakortumangaz” bo‘limi 1-o‘rinni, “Jizzaxshaxargaz” bo‘limi 2-o‘rinni, “Mirzachultumangaz” bo‘limi 3-o‘rinni, ”Baxmaltumangaz” bo‘limi jamoasi esa oxirgi 4-o‘rin egallashdi.  

Tadbir doirasida tashkil so‘zga chiqqanlar bu kabi sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish, sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali salomatligini tiklashga ko‘maklashish, sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, yosh xodimlarni turli kasb kasalliklaridan sport va sog‘lom turmush tarzi asoslari orqali muhofaza qilishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Oilaviy jamoalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filialining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Manba: «Hududgaz Jizzax» gaz ta’minoti filiali KUQ

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi matbuot xizmati 

Print Friendly, PDF & Email