«Buxoro geofizika ekspeditsiyasi» AJ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan korxona ishchi xodimlari uchun Surxondaryo viloyatiga sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 4-5-iyun kunlari «O’zbekgeofizika» AJ «Buxoro geofizika ekspeditsiyasi» filiali Rahbariyati va Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan, “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil” Davlat dasturi doirasida filial ishchi-xodimlari madaniy hordiq olishlari uchun, ularga sharoit yaratish va ichki turizimni rivojlantirish maqsadida Surxondaryo viloyatiga sayohat amalga oshirildi.

Ikki kun davom etgan ushbu sayohatda ishchi-xodimlar Surxondaryo viloyatining diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. Surxondaryo viloyatining «Sangardak sharsharasi» , «Omonxona sanatoriyasi» va Boysun tumanlari ishchi-xodimlar xotirasida o’chmas iz qoldirdi.

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: