«Buxoro geofizika ekspeditsiyasi» filialida Jamoa shartnomasidagi vazifalar ijrosi bo‘yicha konferensiya o‘tdi.
🔉«O‘zbekgeofizika» AJning «Buxoro geofizika ekspeditsiyasi» filialida Jamoa shartnomasidagi vazifalar ijrosi bo‘yicha konferensiya o‘tdi. Tadbir Jamiyat Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi R.I. Ahmatqulov raisligida tashkil etildi.
📝Konferensiya kun tartibida filialning 2025-yildagi ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyati tahlil qilindi, shu jumladan ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, mehnatni muhofaza qilish, xodimlar ijtimoiy himoyasi va Jamoa shartnomasidagi majburiyatlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
✔️Filial ma’muriyati va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobotlari eshitildi, mavjud masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
✔️Muhokamalar yakunida delegatlar faoliyatni qoniqarli deb topdi va kelgusi davr uchun ustuvor vazifalar belgilandi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: