“11-Noyabr Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston – Yangi Kasaba uyushmalari” mavzusida bayram tadbiri bo’lib o’tdi

Joriy yilning 02 noyabr kuni “Muqumiy” nomidagi musiqali va drama teatrida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan  “11-Noyabr Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Yangi O’zbekiston – yangi Kasaba uyushmalari” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda 300 dan ziyod Respublika boshlang’ich va birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi xodimlari ishtirok etdilar. Bayram tadbiri O’zbekiston energetika, neft-gaz av geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyatining nutqlari bilan boshlandi. So’ngra yil davomida xalqaro va milliy ko’rik tanlovlarda g‘olib bo’lganlar hamda faol ish olib borgan korxona-tashkilot va mutasaddi xodimlar Respublika Kenashining esdalik sov’galari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Xususan, “Elektr energiyasi va yoqilg‘i resurslarini tejash bo‘yicha eng yaxshi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti ko‘rik-tanlovi” bo’yicha:

1-o’rin – “Sirdaryo IES” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Musayeva Kamola Akbarjonovna

2-o’rin – “O‘zbekgeofizika”AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Axmatkulov Rustam Irmuxammedovich

3-o’rin – “O‘ztransgaz” AJ BKUQ “Samarqand magistral gaz quvirlari” boshqarmasi Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi  Xafizov Furqat  Fattoyevich

1-o’rin – “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ BKUQ “Taxiatosh IES” AJ kasaba uyushma qo‘mitasi

2-o’rin – “Hududgazta’minot” AJ BKUQ “Sirdaryo  gaz ta’minoti filiali” kasaba uyushma qo‘mitasi

3-o’rin – “O‘zbekneftgaz” AJ BKUQ “Sho‘rtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi” kasaba uyushma qo‘mitasi

“Eng yaxshi korxona” nominasiyasi bo‘yicha:

1-o’rin – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ  102 ball

2-o’rin – “Hududgazta’minot” AJ Navoiy gaz ta’minoti  87 ball

3-o’rin – “Chinobod neft bazasi” MChJ  80 ball

“Eng yaxshi mehnat muxofazasi bo‘yicha vakili” nominasiyasi bo‘yicha:

1-o’rin – “O‘ztransgaz” AJ BKUQ “Gazli magistral gaz quvirlari” boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasining mehnat muxofazasi bo‘yicha vakili Qodirov To‘ymurod Sanoqulovich  51 ball

2-o’rin – “O‘zbekko‘mir” AJ BKUQ “Angren ko‘mir kon” filiali kasaba uyushma qo‘mitasining mehnat muxofazasi bo‘yicha vakili Kasimov Zaynullo Abdulxafizovich  32 ball

3-o’rin – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ kasaba uyushma qo‘mitasining mehnat muxofazasi bo‘yicha vakili Murodov Uchqun Korjovovich    28 ball

“Eng yaxshi mehnat muxofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominasiyasi bo‘yicha:

1-o’rin – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ mehnat muxofazasi bo‘yicha mutaxassisi Berdiev Komol Kamilovich   63 ball

2-o’rin – “Sirdaryo HETK”AJ mehnat muxofazasi bo‘yicha mutaxassisi Artikov Dilshod Abdusattorovich  59 ball

3-o’rin – “O‘ztransgaz”AJ BKUQ “Samarqand magistral gaz quvirlari” boshqarmasi mehnat muxofazasi bo‘yicha mutaxassisi Qamaritdinov Feruz Fayzitdinovich    54 ball

Kasaba uyushmalar faoliyatiga xalqaro hamkorlarimiz ham alohida e’tibor qaratib, kasb bayrami arafasida 7 nafar kasaba uyushma sohasida faoliyat yuritgan fidoyilar “Neftgazqurilish kasaba uyushmasi xalqaro Konfederatsiyasining” prezidenti Korchagin Aleksandr Viktorovich tamonidan faxriy yorliqlar hamda O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

  1. “Hududgazta’minot” AJ Qoraqalpog‘iston hududgazta’minot filiali — Allaniyazova Gulbaxor Yerejepovna
  2. “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”- Chernyavskaya Galina Semyonovna
  3. “O‘zbekneftgaz” AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi — Xalmatova Saxida Nasirovna
  4. “Xududgazta’minot” AJ Qashqadaryo viloyati filiali — Murodov Rustam Eshonkulovich
  5. “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” — Vaxidova Nasiba Nizamovna
  6. “O‘ztransgaz” AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi–Xalmuxamedova Nargiza Abdukarimovna
  7. “O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi” Respublika kengashi — Rashidova Xurshida Kamilovna

Tadbir davomida ishtirokchilarni kayfiyatini ko’taish maqsadida  “Muqumiy” nomidagi musiqali va drama teatrida faoliyat yurutivchi xodimlar tomonidan turli musiqali chiqishlar tashkil etildi hamda taqdirlash so’ngida xodimlar uchun “Aqldan ozish hech gap emas” spektakli namoyish etildi. Tadbir so’ngida ishtirokchilar uchun cofee-break tashkil etilib, ishtirokchilar kuzatildi

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati

Print Friendly, PDF & Email