«11-Noyabr — Kasaba uyushmalari kuni» bayrami keng miqyosda nishonlandi

Oliy majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqilgan edi. 2020 yil 23 noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman «11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» deb belgilangan edi.

Joriy yilning 11-Noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va faollariga tabrik yo‘lladi. Tabrikda davlat rahbari 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini «Umumxalq bayrami» sifatida dam olish kuni, deb eʼlon qilish to‘g‘risida taklif bildirdi

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, uning hududiy kengashlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari va muasaddilari, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, nuroniylar va mehnat faxriylari, kasaba uyushma faollari hamda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan mehnatkashlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida vatanimiz taraqqiyoti va uning qudratini yuksaltirish yo‘lidagi ishlarda faol ishtirok etayotgan, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasaba uyushmalari nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Ehtirom nishoni” bilan taqdirlandi. Taqdirlanganlar ichida O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Kurbanov Shuhrat To’rayevich ham borlar.

 

 

O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati.

Print Friendly, PDF & Email