MEHNATNI MUHOFAZA QILISH – USTUVOR YO‘NALISH
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza…
Xotin-qizlar o‘rtasida sportni ommalashtirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ BKUQ tomonidan “Voleybol chempionati-2023” musobaqasi tashkil etildi.
Unda “O‘zbekneftgaz” AJ Markaziy apparati, Jamiyat tasarrufidagi boshqarma va korxonalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar ishtirok etdi.

Chempionatning birinchi bosqichida hududiy korxonalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdilar.
Joriy yilning 27-28 oktabr kunlari “JAR” sport majmuasida saralash bahslarida g‘olib bo‘lgan jamoalarning final bosqichi o‘tkazildi.




Yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rinni Muborak gazni qayta ishlash zavodi,
2-o‘rinni Buxoro neftni qayta ishlash zavodi,
3-o‘rinni Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi
Tadbirda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parbibayeva ishtirok etdi.




Manba: “O‘zbekneftgaz” AJ BKUQ matbuot xizmati
O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: