«O‘zatom» agentligida «Rahbar kubogi» sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
"O‘zatom" agentligida an’anaviy "Rahbar kubogi" sport musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Tadbirda Agentlik markaziy apparati, AES qurilishi…
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra, ayollar o‘rtasida 1-o‘rinni Samarqand shahar elektr ta’minoti xodimi Tatyana Urmanseva egalladi. 2-o‘ringa Jomboy tuman elektr ta’minoti xodimi Ozoda Saidova, 3-o‘ringa esa Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati mutaxassisi Irina Do‘nayeva munosib ko‘rildi.<br>Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda ham g‘oliblar aniqlandi. Unga ko‘ra, Markaziy ta’mirlash ustaxonasi ustasi Jahongir Jo‘rayev barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchilikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Samarqand shahar elektr ta’minoti xodimi Ulug‘bek Ahmedov va 3-o‘rinni Toyloq tuman elektr ta’minoti xodimi Shahboz Tugalov egalladi.<br>Musobaqa so‘nggida g‘olib va sovrindorlarga Kasaba uyushma qo‘mitasining sovg‘alari topshirildi.






Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali KUQ
O’zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi matbuot xizmati
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: