✔️Tadbirda O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, «IES» AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi masʼullari, stansiya maʼmuriyati, delegatlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
✔️Kun tartibiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi. Ochiq va shaffof ovoz berish yakunlariga asosan Chori Yuzboyev qo‘mita raisi etib saylandi. Shuningdek, qo‘mita va taftish komissiyasining yangi tarkibi ham tasdiqlandi.
✔️Avval mazkur lavozimda faoliyat yuritgan Shuhrat Normuminov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan stansiya maʼmuriyati tomonidan munosib kuzatildi.

Print Friendly, PDF & Email