Joriy yilning 20-noyabr kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand hududiy filialida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Samarqand viloyatida joylashgan korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmasi raislari va faollari uchun davra suhbatі tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 17-oktyabr kuni kasaba uyushmalari faxriylarі va faollari bilan uchrashuvi hamda “11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Prezidentimizning kasaba uyushmalari faollariga yo‘llagan tabrigi mazmun-mohiyati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan vazifalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyоevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolasi targ‘ib etildi.

Qizg‘in va ruhlantiruvchi muhitda amalga oshirilgan targ‘ibot uchrashuvi ishtirokchilar bilan faol muloqot — savol-javob shaklida tashkil etilganligi bilan yanada ahamiyatli o‘tdi.

“Bunday ochiq muloqotlar biz, faollar uchun, juda zarur. Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar va kelgusidagi yo‘nalishlar haqidagi tushuntirishlar ishimizga yangi ruh va mas’uliyat bag‘ishlaydi. Savol-javob tarzidagi muloqot esa har birimizga o‘z fikrimiz va takliflarimizni bildirish imkonini yaratdi,” — dedi Yulduz Adilova, Respublika Kengashi xotin-qizlar va gender masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi.

Uning ta’kidlashicha, tadbirda ko‘tarilgan masalalar kasaba uyushmalari faoliyatini yanada takomillashtirish, xodimlar manfaatlarini himoya qilishda yangi yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email