Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasaba uyushmalari faollari uchun “Yangi O‘zbekiston – Yangi kasaba uyushmalari” targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 19 noyabr kuni O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan tarmoq tizimidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari va faollari uchun “Yangi O‘zbekiston – Yangi kasaba uyushmalari” mavzusida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 oktyabrda kasaba uyushmalari faxriylari va raislari bilan o‘tkazgan uchrashuvi hamda “11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan yo‘llagan tabrigi mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX Qurultoyida belgilangan ustuvor vazifalar va kelgusida amalga oshiriladigan yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘llari tushuntirildi.
Tadbirda kasaba uyushmalarining xodimlar manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni, mehnat munosabatlarini takomillashtirish, shuningdek Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan aniq ma’lumotlar berildi va tegishli vazifalar belgilandi.
Tadbir qizg‘in va savol-javob tarzida o‘tib, ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi hamda o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.

Print Friendly, PDF & Email