Konstitutsiya – yoshlar huquqi va davlat taraqqiyoti asosi
8 dekabr – Oʻzbekiston hayotida muhim oʻringa ega boʻlgan, Asosiy Qonunimiz qabul qilingan tarixiy sana, balki fuqarolik ongi, qonun ustuvorligi va inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan umumxalq bayramidir.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan Geologiya fanlari universitetida tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar kasaba uyushmasi tashkilotlari yoshlar bilan ishlash komissiyasi raislari va universitet yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Ochiq muloqotda yoshlarga bugungi kunda yaratilgan keng imkoniyatlar, Konstitutsiya orqali berilgan huquqlar va kafolatlar haqida tushunchalar berildi.
Savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan muloqotda yoshlar mehnat shartnomasi, ishga qabul qilish, xavfsizlik qoidalari va kasaba uyushmasining roli haqidagi savollariga atroflicha javob oldi.
Bu yoshlar uchun nafaqat nazariy bilim, balki amaliy yoʻl-yoʻriq ham boʻldi.
Tadbir davomida faol ishtirokchilarga esdalik sovgʻalar topshirildi.
Konstitutsiya nafaqat qonun kitobidagi hujjat, balki yoshlar hayotida amaliy ahamiyatga ega boʻlgan, huquqiy ongni yuksaltirish va faol fuqarolikni shakllantirishda asosiy muhim vosita ekani bilan namoyon bo‘lmoqda.
Bayram sana munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: