«Hududiy elektr tarmoqlari» AJda Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Navoiy va Bobur – milliy tafakkur va ma’naviyatimizning ikki buyuk ustuni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, professor Muxammadali Abduqunduzov, O‘zbekiston xalq artistlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedov hamda “Nazm va navo” sozandalari tomonidan Navoiy va Bobur g‘azallari jonli ijro etildi.
Shuningdek, jamiyat xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan ijodiy viktorina ishtirokchilarning buyuk ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmat va qiziqishini namoyon etdi.

Print Friendly, PDF & Email