1-Iyun – bolajonlar bayrami
🎉 1-Iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «HET» AJ Energosavdo filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan filialning barcha hududiy bo‘linmalarida xodimlar farzandlari uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.
Ushbu quvonchli kunda bolajonlar uchun turli madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar uyushtirilib, ular ertak va mo‘jizalarga boy olamga sayohat qilishdi. Qiziqarli sahna ko‘rinishlari, interaktiv o‘yinlar hamda ijodiy chiqishlar bolalarga unutilmas taassurotlar ulashdi.
Tadbirlar davomida kichkintoylar turli viktorina va savol-javoblarda faol qatnashib, o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etdilar. Eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari va maxsus sertifikatlar bilan rag‘batlantirildi.
⚡️ «HET» AJ Energosavdo filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu bayram tadbirlari barcha bo‘linmalarda bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularning qalbida yorqin va unutilmas xotiralar qoldirdi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: