Muborak gazni qayta ishlash zavodi Yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan fevral oyi davomida tashkil etilgan “Tasavvuringizdagi texnologiya – Art zavod” hamda “Buyuk ajdodlar – bugungi yoshlar nigohida” chellenjlarida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar munosib taqdirlandi.
Mazkur chellenjlar yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish, ularning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir yakunida eng faol va tashabbuskor ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.
Yoshlarimizning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi bunday tashabbuslar izchil davom ettiriladi.

Print Friendly, PDF & Email