💠“Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbir
«O‘zbekgeofizika» AJning «Buxoro geofizika ekspeditsiyasi» filialida Alisher Navoiy tavalludi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
🔹Tadbir davomida xodimlar tomonidan ajdodlarimiz davri sahna ko‘rinishlari orqali gavdalantirildi, milliy liboslar namoyish etildi hamda Navoiy va Bobur ijodidan she’r va g‘azallar o‘qildi.
🔹Ishtirokchilar tomonidan buyuk allomalar merosining tarixiy va ma’naviy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🔹Yakunda faol ishtirok etgan xodimlar munosib taqdirlandi. Tadbir jamoa o‘rtasida milliy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: