📗 Xodimlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish maqsadida, Sirdaryo IES ishchi-xodimlari o‘rtasida “Men o‘qigan kitob…” loyihasi doirasida “Kitob o‘qish soati” o‘tkazildi.
📚 Tadbirda korxonaning 1-qozon turbina sexi va ayrim bo‘lim xodimlari o‘zlari o‘qigan kitoblar mazmuni bo‘yicha tahlil qilingan asarlarni taqdim etdilar.
Ma’naviyat kuni doirasidagi tadbir yakunida korxona ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan korxona xotin-qizlar qo‘mitasiga kitob javoni uchun badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.

Print Friendly, PDF & Email