FAXRLI MEHNAT – MUNOSIB E’TIROF
Yangi Namangan tumani elektr tarmoqlari xodimi Abdurahmanov Kamol Hamidjanovich 1991-yildan buyon elektr tarmoqlari tizimida sidqidildan, fidokorona mehnat qilgan. Ko‘p yillik tajribasi va mas’uliyati bilan jamoa hurmatini qozongan ustoz 60 yoshni qarshi oldi.
Shu munosabat bilan Yangi Namangan elektr ta’minoti jamoasi ustozni tantanali ravishda muborakbod etdi. U kishining uzoq yillik va samarali mehnati e’tirof etilib, jamoa nomidan munosib taqdirlandi va 15 kunlik Umra safariga yo‘llanma topshirildi.
Bu ehtirom yillar davomida halol va fidoyi xizmat qilgan inson mehnatining yuqori qadrlanishi sifatida namoyon bo‘ldi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: