📖“O‘zbekgeofizika” AJ «Amirobod kon geofizika ekspeditsiyasi» filiali ishchi xodimlari o’rtasida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda boburiylar sulolasi asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tanlov tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga adiblarning hayoti va boy ijodiy merosiga oid test savollari taqdim etildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan xodimlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.
Mazkur tanlov jamoada milliy adabiyotimiz namoyandalarining bebaho merosini keng targ‘ib etish, xodimlarning ma’naviy salohiyatini yuksaltirish hamda tarixiy-adabiy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email