🌙RAMAZON – SAXOVAT VA MEHR-OQIBAT OYI
Ramazon oyi munosabati bilan «HET»AJ Namangan hududiy filiali barcha tuman va shahar bo‘linmalarida kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan va nafaqadagi xodimlar holidan xabar olinib, ularga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.
Tashabbus Ramazonning mehr-muruvvat va insonparvarlik tamoyillariga hamohang tarzda tashkil etildi. Tashriflar davomida nuroniy va ko‘p yillik mehnat qilgan ustoz xodimlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning xizmatlari e’tirof etildi.
Bunday xayrli ishlar jamoada o‘zaro hurmat va birdamlikni mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Saxovat va mehr ulashish – eng ulug‘ qadriyatlardandir.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: