Xodimlar uchun mazmunli dam olish sayohati
🚌Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 7-fevraldagi PQ–3514-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda kasaba uyushmalari rolini oshirish maqsadida korxona xodimlari uchun Toshkent viloyatiga sayohat tashkil qilindi. Safar davomida ishtirokchilar Toshkent shahri va viloyatining betakror manzaralari, go‘zal tabiati hamda tarixiy obidalari bilan tanishdilar. Bu safar jamoada do‘stlikni mustahkamlab, mazmunli dam olish imkonini yaratdi. “HET” AJ “Energosavdo” filiali Samarqand hududiy bo‘linmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasiga hamda rahbariyatga xodimlar o‘z minnatdorliklarini bildirdilar.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: