“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali maʼmuriyati hamda Boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmitasi tashabbusi bilan “Hududgaztaʼminot” AJning 2023–2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Namangan viloyat Kengashining mehnat huquq inspektori B. Rahimberdiyev, filial direktorining birinchi o‘rinbosari, Bosh muhandis B. Abdulazizov, filial Boshlang‘ich kasaba uyushma raisi A.Sobirov hamda shahar va tumanlardan saylangan delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiya avvalida filial maʼmuriyatining 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda jamoa shartnomasida belgilangan bandlarning ijrosi, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etish borasida olib borilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

“Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali maʼmuriyati hamda Boshlangʼich kasaba uyushma qoʼmitasi tashabbusi bilan “Hududgaztaʼminot” AJning 2023–2025-yillarga moʻljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Namangan viloyat Kengashining mehnat huquq inspektori B. Rahimberdiyev, filial direktorining birinchi o‘rinbosari, Bosh muhandis B. Abdulazizov, filial Boshlang‘ich kasaba uyushma raisi A.Sobirov hamda shahar va tumanlardan saylangan delegatlar ishtirok etdi. Konferensiya avvalida filial maʼmuriyatining 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotda jamoa shartnomasida belgilangan bandlarning ijrosi, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etish borasida olib borilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.Taʼkidlanganidek, jamoa shartnomasi — bu ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi muhim hujjat bo‘lib, uning izchil bajarilishi filialdagi barqarorlik, ochiqlik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hisobot davomida mehnat muhofazasi, xodimlarni rag‘batlantirish, moddiy yordam ko‘rsatish, sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish hamda kasbiy malakani oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, mehnat huquq inspektori tomonidan jamoa shartnomasining amaldagi qonunchilikka muvofiqligi, xodimlar huquqlarining taʼminlanishi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Konferensiya yakunida jamoa shartnomasining to‘liq va sifatli ijrosini taʼminlash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Mazkur tadbir ijtimoiy sheriklik tamoyillarini mustahkamlash, mehnat jamoasi manfaatlarini himoya qilish hamda korxona faoliyatida samaradorlikni yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Print Friendly, PDF & Email