🏆»Zakovat» klubidan bayramona QUIZ
Joriy yilning 13-fevral kuni Geologiya fanlari universitetida buyuk mutafakkirlar — Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ruhda “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir universitetning “Zakovat” klubi tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda talabalar faol ishtirok etdi.
Intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi, tarixiy faoliyati hamda ma’naviy qadriyatlarimizga oid savollarga javob berishdi. O‘yin murosasiz, qizg‘in va yuqori saviyada tashkil etilib, har bir jamoa o‘zining bilim va salohiyatini namoyon qildi.
🏆G‘olib deb topilgan “Iqtisodchilar” jamoasiga tantanali ravishda “GFU ZAKOVAT KUBOGI” topshirildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: