Toshkent issiqlik elektr markazida konferensiya o‘tkazildi
Toshkent issiqlik elektr markazida kasaba uyushmasining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi muhokama qilindi.
Konferensiyada “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi va korxona rahbariyati vakillari hamda delegatlar ishtirok etdi. Tadbir davomida jamoa shartnomasining ijrosi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va ijtimoiy himoya masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot tinglanib, kelgusida “Inson qadrini ulug‘lash” g‘oyasi asosidagi maqsadli ishlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish belgilandi.
Yig‘ilish yakunida shartnoma bandlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: