🔉»HUDUDGAZ TOSHKENT» GTF: QIBRAY TUMANIDA KONFERENSIYA O‘TKAZILDI
2023-2025 yillar uchun mo‘ljallangan jamoa shartnomasining sarhisob"Hududgaz Toshkent" GTFda ishchi-xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ular…
✅“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali tashabbusi bilan “Bulung‘urtumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.






✅Mazkur tadbir xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mehnat munosabatlarini yanada takomillashtirish, mehnat muhofazasini mustahkamlash hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida o‘tkazildi.
✅Seminar davomida filial kasaba uyushma qo‘mitasi raisi tomonidan jamoa shartnomasining mazmun-mohiyati, xodimlarning ijtimoiy kafolatlari va gaz taʼminoti tizimida korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
✅Shuningdek, filialning mehnatni muhofaza qilish, ekologiya va sanoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Jasur Jumanov ishlab chiqarish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish, is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish hamda profilaktik targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada doimiy nazorat, ogohlik va masʼuliyat muhim ekani taʼkidlandi.
💙Tadbir yakunida aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni uzluksiz hamda barqaror yetkazib berishni taʼminlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: