Ōzbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyuşmasi Respublika Kengaşining mehnat muhofazasi texnik inspektori Bahodir Yuldaşevic Oçilov tomonidan joriy yilning 25-noyabr kuni “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali hamda Boşlanğiç kasaba uyuşmasining iş faoliyati bilan tanişiş va amaliy yordam körsatiş işlari olib borildi.

Taşrif davomida filialning Mehnatni muhofaza qiliş va texnika xavfsizligi bōlimi, Kadrlarni boşqariş bōlimi hamda Boşlanḡiç kasaba uyuşmasi qōmitasi faoliyati bilan yaqindan tanişildi. Hujjatlar yuritilişi, xodimlarning mehnat huquqlari himoyasi hamda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilişi holati kōzdan keçirildi.
Şuningdek, ōrganişlar doirasida “Navbahortumangaz” gaz ta’minoti bōlimida mehnat qilayotgan işçi-xodimlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar bevosita joyiga çiqqan holda ōrganildi. Xodimlarning iş joylari, sanitar-maişiy xonalar va maxsus kiyim-boş bilan ta’minlaniş darajasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ōrganiş yakunida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, mehnat muhofazasini yanada kuçaytirish va xodimlarga munosib iş şaroitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegişli kōrsatma va amaliy tavsiyalar berildi.

Print Friendly, PDF & Email