🔉Mustahkam oila sari: ayollar uchun bilim va tajriba almashinuvi
🔻"Hududgazta'minot" AJ Markaziy apparati hamda hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan ayollar uchun “Oila va uning mustahkamlik…
«Hududgaz Sirdaryo» gaz ta’minoti filialida «Hududgazta’minot» AJning 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasi konferensiyasi tashkil etildi.










Mazkur konferensiyada “Hududgazta’minot” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi vakili, filial rahbariyati, Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi hamda tuman va shahar gaz ta’minoti bo‘limlaridan saylangan delegatlar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2023–2025-yillar uchun qabul qilingan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan filial direktori hamda Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi tomonidan hisobotlar taqdim etildi. Hisobotlarda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat samaradorligini oshirish va jamoada barqaror ish muhitini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida “Hududgazta’minot” AJning 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi yuzasidan ham fikr almashildi. Uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Konferensiya yakunida “Hududgazta’minot” AJ mehnat jamoasi konferensiyasida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: