Xayriya tadbirlari tashkil etildi
🔹“O‘zbekgidroenergo” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi hamda tizim energiya hosil qiluvchi korxonalarida faoliyat yurituvchi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashabbusi bilan ijtimoiy ahamiyatga ega xayriya tadbirlari tashkil etildi.
🔹Tadbirlar doirasida GESlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar, uzoq yillar davomida soha ravnaqiga munosib hissa qo‘shib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan mehnat faxriylarining holidan xabar olindi.
🔹Jamiyat tarkibidagi – “O‘rta Chirchiq GESlar kaskadi”, “Chirchiq GESlar kaskadi”, “Toshkent GESlar kaskadi”, “Quyi Bo‘zsuv GESlar kaskadi” hamda “Qodiriya GESlar kaskadi” filiallarida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar va mehnat faxriylariga 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan xayriya to‘plamlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: