Ramazon oyida ezgu an’analar davom etmoqda
Ramazon oyi — mehr-oqibat, saxovat va ezgulik oyi sifatida yurtimizda keng nishonlanmoqda. Ushbu muborak oyda joylarda iftorlik dasturxonlari yozilib, hamjihatlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhiti yanada mustahkamlanmoqda.
Xususan, bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Kosonsoy tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda faxriy nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.
Dasturxon atrofida jam bo‘lganlar yurtimiz tinchligi va farovonligi, xalqimiz osoyishtaligi, oilalarda totuvlik hamda rizq-ro‘zning barakali bo‘lishini tilab, ezgu duolar qilishdi.
Ramazon oyi bir-biriga yaxshilik qilishga, saxovat va bag‘rikenglikni yanada keng yoyishga undaydigan ulug‘ va fazilatli oy hisoblanadi.
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tizimda fidokorona mehnat qilayotgan ayol xodimlar e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.


Spelling error report
The following text will be sent to our editors: