🌷Ayni kunlarda butun yurtimiz bo‘ylab musaffo bahor nafasiga hamohang tarzda ayollarni yanada qadrlab, gulgun yashnatadigan go‘zallik va nafosat bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kunining fayzli shukuhi kezib yuribdi.

🌷Bu borada “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati ham alohida jonbozlik ko‘rsatib, soha rivoji yo‘lida xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va xayriya tadbirlarini tashkil qilib kelmoqda.

🌷Shu munosabat bilan, 5-mart kuni Boshqaruv raisi tashabbusi asosida, Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi F. Azimova hamda Jamiyat Birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi vakillari tomonidan hamkorlikdagi oliy ta’lim muassasalarining bir guruh faol o‘qituvchilariga bayram sovg‘alari taqdim qilindi.

🌷“Ayollarni e’zozlash oyligi”da belgilangan tadbirlar doirasida sohada uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan bir guruh faxriy ayollar holidan xabar olinib, ularga ham bayram shukuhini ulashish maqsadida Boshqaruv raisining tabrigi va esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

Print Friendly, PDF & Email