“Yangi-Angren IES” aksiyadorlik jamiyati ishchi-xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish hamda tarixiy merosga bo‘lgan hurmatni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Sayohat davomida ishtirokchilar muzey eksponatlari bilan tanishib, O‘zbekiston prokuratura organlarining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari hamda bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, muzeyda namoyish etilgan tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari va noyob eksponatlar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan prokuratura tizimining jamiyatdagi o‘rni, qonun ustuvorligini ta’minlashdagi muhim vazifalari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlari haqida ham tushunchalar berildi.

Mazkur sayohat ishchi-xodimlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada mustahkamlash, shuningdek, tarixiy merosimizga hurmat ruhini oshirishga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email