MEHNAT JAMOASI KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filialida mehnat jamoasining kengaytirilgan konferensiyasi tashkil etilib, unda 2023–2025-yillarga…
“O‘zbekneftgaz” AJ xodimlari uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tarixi muzeyiga navbatdagi ekskursiya tashkil etildi.
Tomoshabinlar prokuratura organlarining shakllanish tarixi, uning mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilishdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, mustaqillik yillarida prokuratura tizimida amalga oshirilgan islohotlar va bugungi kundagi faoliyat yo‘nalishlari haqida tushunchalar berildi.
Muzeyda saqlanayotgan arxiv hujjatlar, tarixiy fotosuratlar va boshqa eksponatlar orqali ishtirokchilar sobiq mustabid tuzum davrida amalga oshirilgan qatag‘on siyosatining ayanchli oqibatlari, nohaq jabr ko‘rgan insonlar taqdiri haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: